11:08 / 25.11.2020
7649

Toshkentda avtobus simyog‘ochga kelib urildi, jabrlanganlar bor

Joriy yilning 25 noyabr kuni ertalab soat 07:40lar atrofida 17T-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan, 18-Avtobus saroyi tasarrufidagi “Isuzu” yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, avtobus Beshqayrag‘och ko‘chasi bo‘ylab, Kichik halqa yo‘li tomon boshqarib ketish chog‘ida, Uchtepa tumani, 201-uy qarshisida turgan simyog‘ochga kelib urilgan. 

Natijada, haydovchi hamda 4 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan, shundan so‘ng darhol barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Top