– «Özbekkino» binosi yaqinda ta’mirdan çiqarildi. Bizda binolar özgarmoqda, içkaridagi holat-çi, özgaryaptimi?

– Umumiy olganda, içkaridagi muhit hozirgi bölayotgan islohotlarga hamohang emas. Afsuski, oxirgi yillarda kino sohamiz orqaga ketib qoldi. Buning öziga yaraşa obektiv, sub’yektiv sabablari bor.

Misol uçun, köp ijodkorlar davlatdan çiqib ketişdi, xorijga ketişdi. Bu – tabiiy jarayon. Biz bozor iqtisodiyotiga ötdikmi, har bitta jabhada bozor iqtisodiyoti bölişi kerak, ayniqsa, kinoda. Butun dunyoni kuzatadigan bölsak, manaman degan zör kinolarni xususiy sektorlar oladi. Bizda teskarisi. Bizda kino, san’at sohasi 80 foiz budjetdan moliyalaştiriladi. 10–20 foiz xususiy sektor uluşiga töğri keladi.

– Bu fikrga men ham qöşilaman: kinostudiyalar xususiy bölişi kerak. Uning sifati – ikkinçi masala, tomoşabin özi saralab oladi... Lekin boşqa tomondan, sifatsizlik, jarlikning oxiri körinib qoldi, menimça.

– Kino, birinçi navbatda, tarbiyaviy jihati odamlarga tez ta’sir qiladigan soha hisoblanadi. Misol uçun, biz bitta xonada ötirib, köp muammolarni muhokama qilişimiz mumkin. Lekin kino orqali million-million odamning fikrini özgartirişimiz mumkin. Juda katta ta’sir vositasi, aslida.

Oddiygina bir misol keltiraman. «Öqimaganlar öynamasin, diplomi borlar öynasin», degan masala ham kötarildi. Harrison Ford degan aktyor bor, oddiygina duradgor...

Aktyorlar – mayli. Bizda bundan boşqa muhimroq ikkita muammo bor. Birinçisi – rejissura. Ikkinçi muammo – kino bilan televideniye örtasidagi filtr. Bizda mana şu filtr yaxşi işlamaydi.

– Filtr qanaqa böladi?

– Bizda mana «xudsovet» (badiiy kengaş – B.A.) deydi. Madaniyat sohasida ham, kinoda ham bor: avvaliga ssenariysi topşiriladi, u qilinadi, bu qilinadi... Hozirgi kunda ham eskilik paytidan qolib ketgan «xudsovet»lar işlayapti. Buni qaytadan takomillaştiriş kerak.

Rejissyorlarni yaxşi tarbiyalasak, dramaturglarni yaxşi tarbiyalasak... Aktyorlik keyingi masala.

San’at va madaniyat institutida rejissyor Stanislavskiyning maktabi asosida dars beriladi, men özim ham öşa yerda öqiganman. Stanislavskiy aytadiki, rejissyor aktyorni plastilinga öxşatişi kerak: ya’ni özi xohlayotgan narsasini, fikrini aktyorga singdira olişi kerak. Şundan keyin undan yaxşi aktyor çiqadi, degan bir ta’limotni ilgari surgan.