Fransuz aktrisasi Brijit Bardo vafot etdi. U 91 yoşda edi.
«Brijit Bardo fondi öz asosçisi va prezidenti, dunyoga maşhur aktrisa va qöşiqçi, öz hayoti va kuçini jonzotlarni himoya qiliş va öz fondiga bağişlaş uçun özining nufuzli karerasidan voz keçişga qaror qilgan Brijit Bardo xonimning vafot etganini çuqur qayğu bilan ma’lum qiladi», – deyiladi fond tomonidan AFP agentligiga yuborilgan bayonotda.
Aktrisa vafot etgan vaqt va joy körsatilmagan.
Brijit Bardo 1934 yil 28 sentabrda Parijda tuğilgan va öziga töq oilada ösgan. Ösmirlik çoğlarida balet bilan şuğullangan, keyin esa fotomodel va aktrisaga aylangan. 14 yoşida uning birinçi fotosessiyasi bölib ötgan va 1949 yilda ilk bor Elle jurnali muqovasida çiqqan. Şu bilan birga, u Oliy milliy musiqa va raqs konservatoriyasida tahsil olgan.
Aktrisa 1952 yilda «Normand tuynugi» komediyasi orqali kinoda debyut qiladi va bir yil ötib, «Manina, bikinidagi qiz» melodramasida boş rolni oladi.
1952–1956 yillar oraliğida Bardo 17 ta filmda suratga tuşadi, ammo haqiqiy yulduzlik onlari öz turmuş örtoği Rojye Vadim rejissyorligida işlangan «Va xudo ayolni yaratdi» (Et Dieu… créa la femme, 1956) filmidagi boş rol orqali keladi. U bu filmda sen-tropelik erkin ayol obrazini gavdalantirgandi.

Foto: Cinema Publishers Collection / The Hollywood Archive / imago stock&people / Global Look Press
1960-yillar boşlarida Bardo bir qator maşhur fransuz filmlarida, jumladan, Anri-Jorj Klusoning «Oskar»ga nomzod bölgan «Haqiqat» dramasida (1960), Lui Mallening «Öta şaxsiy iş» filmida (Marçello Mastroyanni bilan) va Jan-Lyuk Godarning «Nafrat» filmida (1963) rol öynagan. Ön yillikning ikkinçi yarmida Bardo Hollivud filmlarida, jumladan, «Viva Mariya!» va «Şalako» filmlarida suratga tuşadi. Şu bilan birga, Bardo musiqa bilan ham şuğullangan.
Bardo tört marta turmuşga çiqqan: 1952 yildan 1957 yilgaça Vadim, 1959 yildan 1962 yilgaça Jak Şariye (undan 1960 yilda öğli Nikolas tuğilgan) bilan nikohda bölgan.















