Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya kubogi. Shomurodovdan golli assist, «Jyenoa»dan «Genuya derbisi»da irodali g‘alaba
Italiya kubogi 1/16 finali doirasidagi «Sampdoriya» - «Jyenoa» uchrashuvida Eldor Shomurodov to‘p surayotgan jamoa mehmonda irodali g‘alabaga erishdi.
O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik hujumchi dastlabki daqiqalardan jamoasi safida ancha faol harakat qildi. Shunga qaramay, o‘yindagi hisob mezbonlar futbolchisi Verre tomonidan ochildi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limda hujumkorlikni oshirgan «Jyenoa» 60-daqiqada Eldor Shomurodovning ajoyib harakati evaziga o‘yinda burilish yasay oldi. Katta tezlikda hujumga o‘tgan o‘zbekistonlik forvard ikki himoyachini ortda qoldirib, deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va to‘pni bo‘sh darvoza qarshisida turgan sherigi Skamakkaga oshirib, golli uzatmaga mualliflik qildi – 1:1.
Goldan ruhlangan mehmonlar keyingi 10 daqiqalikda yana ikkita gol kiritishdi – 68-daqiqada Lerager, 72-daqiqada esa Skamakka dublga erishib, «Jyenoa» «Genuya derbisi»da kambekni amalga oshirgan holda keyingi bosqichga yo‘llanma oldi – 1:3.
Shu kuni «Jyenoa» tarkibidagi hozircha eng yaxshi o‘yinni o‘tkazib, golli assist muallifiga aylangan Eldor Shomurodov 85-daqiqada maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Marko Pyatssa maydonga tushdi.
Italiya kubogi. 1/16 final
Sampdoriya – Jyenoa 1:3
Gollar: 1:0 – 18 Verre, 1:1 – 60 Skamakka, 1:2 – 68 Lerager, 1:3 – 72 Skamakka.
Sampdoriya – Audero, Tonelli (Kandreva, 87), Audjyello, Bereshinski, Yosida, Adriyen Silva (Ekdal, 78), Torsbyu, Yankto, Verre, la Gumina (Gabbyadini, 87), Leris (Damsgor, 77).
Jyenoa – Marketti, Bani (Masello, 79), Gilone, Goldaniga, Pellegrini, Rovella (Melegoni, 46), Sturaro (Lerager, 65), Zayts (Badel, 46), Sapata, Shomurodov (Pyatsa, 85), Skamakka.
Mavzuga oid
23:09 / 30.06.2026
Eldor Shomurodovning goli JCh–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli deb topildi
16:21 / 29.06.2026
Shomurodov JCh guruh bosqichidagi eng chiroyli gol muallifi bo‘lishga da’vogar
14:49 / 29.06.2026
«To‘pni yaxshi ushlab turolmadik» – futbolchilar turnirni tark etgandan keyin nimalar deyishdi?
21:50 / 28.06.2026