Samarqand davlat tibbiyot instituti hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining malakali xodimlari nega Nurobodga bordi?
Samarqand davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining malakali xodimlari aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida Nurobod tumanida bo‘ldilar.
Sir emas, sog‘liqni saqlash tizimida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, kasalliklarni profilaktika qilish va erta aniqlash hozirgi kundagi eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Aynan shu masalani yechishga ko‘maklashish, joylarda ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida Nurobod tumanidagi QVPlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Nurobod tumanidagi «Olg‘a», «Jom», «Girdiqo‘rg‘on», «Omandara», «Tegirmonboshi» mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ular xirurg, pediatr, onkolog, infeksionist, urolog, akusher-ginekolog, LOR, teri-tanosil, terapevt, nevrolog, travmatolog kabi 13 turdagi tor mutaxassisliklar vakillaridan maslahat ham oldilar.
Tibbiy ko‘rik o‘tkazish bilan birga, hozirgi vaqtda keng tarqalgan o‘pka kasalliklari, diabet, onkologik, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, profilaktika qilish va davolash usullari, sog‘lom turmush tarzi va faol jismoniy harakatning inson salomatligiga hissasi tushuntirildi.
Samarqand davlat tibbiyot institutining bitiruvchi kurs talabalari ham viloyatning chekka hududlariga amaliyot o‘tash uchun yuborildi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining amalga oshiradigan rejasiga muvofiq, viloyatning barcha tumanlarida ham aholini ko‘rikdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Joylarda bu kabi tibbiy ko‘riklar hamda talabalar amaliyotining o‘tkazilishi viloyatda turli kasalliklarni erta aniqlash va o‘z vaqtida samarali davolashga katta hissa qo‘shadi, deb umid qilamiz.
Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Mavzuga oid
15:41 / 28.01.2022
Samarqand davlat tibbiyot instituti Turkiya oliygohlari bilan hamkorlikni kuchaytiradi
20:00 / 16.11.2021
Samarqand davlat tibbiyot institutining yangi muzeyidan mingdan ortiq eksponat o‘rin oldi
09:00 / 19.10.2021
Samarqand davlat tibbiyot institutining 800 o‘rinli binosi foydalanishga topshirildi
10:29 / 18.10.2021