Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehmonxonalar uchun joriy qilingan imtiyoz va preferensiyalar muddati 2021 yil oxiriga qadar uzaytiriladi
Joriy yil 1 dekabr kuni poytaxtdagi “Hilton” mehmonxonasida bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning O‘zbekiston Otelerlar assotsiatsiyasi a'zolari – Toshkent shahrining eng yirik mehmonxonalari egalari va bosh menejyerlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda turizm sohasidagi dolzarb masalalar va muammolar muhokama qilindi, xususan dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat natijasida yuzaga kelgan inqirozdan keyin sohani tiklash uchun yangi yechimlar izlandi.
Aziz Abduhakimov hukumat tomonidan turizm sohasini tiklashga qaratilayotgan e'tibor haqida so‘z yuritib, bugungi kunda mehmonxonalar faoliyatini jonlantirishi mumkin bo‘lgan ziyorat turizmini rivojlantirishga oid loyihalar ishlab chiqilayotganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha doirasida Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston va Bangladeshning yetakchi diniy arboblari bilan O‘zbekistonga yangi sayyohlar oqimi tashrifini tashkil qilishga doir muzokaralar o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Otelerlar assotsiatsiyasi raisi Farangiz Abdullayeva mehmondo‘stlik sohasida daromadlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ish o‘rinlarini qisqartirmaslik maqsadida mehmonxonalar uchun joriy qilingan imtiyoz va preferensiyalar muddatini 2021 yilning iyun oyiga qadar uzaytirishni taklif qildi.
Suhbat davomida mamlakat otelerlari inqirozdan keyingi davrda ishlashga oid fikr-mulohazalari va takliflari bilan bo‘lishdi. Yangi sharoitlarda sayohat qilishning muhim jihatlaridan biri bo‘lgan xavfsiz turizm targ‘iboti shular jumlasidan. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda joylashtirish vositalarini sertifikatsiyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, soha uchun imtiyoz va preferensiyalar muddatini 2021 yilning oxiriga qadar uzaytirish hamda sanitar norma va qoidalarning yagona tizimini tasdiqlashga oid qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
09:12 / 06.03.2025
Rossiya qo‘shinlari Kriviy Rigdagi mehmonxonaga zarba berdi: qurbonlar bor
00:16 / 28.01.2025
Turkiyada 78 kishining o‘limiga olib kelgan mehmonxonadagi yong‘in nima sababdan yuz bergani aniqlandi
14:03 / 21.01.2025
Turkiyadagi kurort mehmonxonada yirik yong‘in sabab 10 kishi halok bo‘ldi
19:03 / 18.01.2025