Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EPSILON (EDC): Gaz yetkazish quvurlari ishonchliligini oshirish – iste'molchilarni gaz bilan uzluksiz ta'minlash garovidir
Respublikamiz, jumladan Farg‘ona vodiysi iste'molchilarini gaz bilan ta'minlash ishonchliligini ta'minlash maqsadida magistral gaz quvurlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda. Quyidagi barcha maydonlar va yuqori tog‘ qismida bajarilayotgan ishlar noqulay ob-havo sharoiti va kechayu-kunduz tartibida amalga oshirilmoqda:
- “Ohongaron-Pungan” magistral gaz quvurining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi 25 km lik qismida yonlama quvur o‘tkazish (luping) hamda quvurning 338 km dan boshlangan, “Yangiyer KS-Shirin GTS” gacha bo‘lgan 4,7 km lik masofada gaz oqimi yo‘nalishini o‘zgartirgich (otvod) qurilishi;
- “Muborak-Zirabuloq” (BGX-TBA), “DBST”, “Kelif-Muborak” va “BGX-TBA-A” gaz quvurlarining umumiy 25,8 km lik avariyaviy qismlarini to‘liq ta'mirlash ishlari.
4 dekabr holatiga ko‘ra:
- Tog‘ qismida quvur yotqizishga tayyorlangan yo‘nalish – 9,2 km;
- Yo‘nalishlar bo‘yicha olib kelingan quvurlar – 34,2 km;
- Qazilgan zovurlar – 12,8 km;
- Qatorga payvandlangan quvurlar – 18,4 km;
- Yotqizilgan quvurlar – 10,5 km ni tashkil etdi.
Barcha ishlar o‘rnatilgan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga muvofiq ravishda bajarilmoqda.
Epsilon Matbuot xizmati
Mavzuga oid
10:51 / 15.11.2022
EPSILON (EDC): Karakara-2 qudug‘i berayotgan kunlik gaz hajmi 100 ming kubmetrni tashkil etdi
16:12 / 27.10.2022
EPSILON (EDC): Ernazar-12 qudug‘idan kuniga 50 ming kubmetr hajmda gaz olinmoqda
20:50 / 21.10.2022
EPSILON (EDC): Devxona-4 qudug‘idan chiqarilayotgan kunlik gaz hajmi 60 ming kubmetrni tashkil etdi
11:37 / 05.10.2022