Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyatida foydalanishdan chiqib ketgan yerlar o‘zlashtiriladi, hududlar eksportbop mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi
Qashqadaryo viloyati hududlarini, tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish maqsad qilingan.
Prezidentning “Qashqadaryo viloyatida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni 2021-2023 yillarda o‘zlashtirish va hududlarni eksportbop mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligining takliflarini inobatga olib, quyidagilar:
- Qashqadaryo viloyatida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni 2021 - 2023 yillarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va talab etiladigan mablag‘lar hisob-kitobi;
- Qashqadaryo viloyatida 2021 yilda qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining manzilli ro‘yxati;
- Qashqadaryo viloyatida 2021 yilda qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritiladigan yer maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;
- 2020 - 2023 yillarda hududlarni bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishlariga ixtisoslashtirish ko‘rsatkichlari;
- 2020 - 2023 yillarda hududlarni eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Mirzayev), tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
- mavjud yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish uchun ekinlarini yaxlit maydonlarga plantatsiya usulida joylashtirish va belgilangan eksportbop ekinlarning ekilishini ta'minlaydi;
- har bir tumanda urug‘lik va ko‘chatlar bilan ta'minlash imkoniyatidan kelib chiqib, sabzavot, poliz va kartoshka urug‘chiligiga hamda mevali va tok ko‘chatlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini 2021 yilning 1 martigacha tashkil etadi;
- tumanlarda kamida 5tadan sertifikatlangan urug‘lik, ko‘chatlar hamda mineral o‘g‘itlar va moddiy-resurslar savdosi bilan shug‘ullanadigan maxsus ixtisoslashgan do‘konlarni 2021 yilning 1 fevraligacha tashkil etadi;
- yaroqsiz deb topilgan iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlar o‘rnida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo qiladi hamda eksportbop va serdaromad qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yadi.
Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlaridagi sertifikatlangan sabzavot, poliz, dukkakli va moyli ekinlari urug‘larni hamda mevali va tok ko‘chatlar yetishtiruvchi fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalari uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatda yer solig‘idan ozod qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi va Dehqonobod hokimliklari bilan birgalikda tumanlar aholisi ishsizligini kamaytirish uchun yaxlit 300-500 gektar tuman hokimliklari zaxirasidagi foydalanilmayotgan maydonlarda plantatsiya usulida zamonaviy texnologiyalar asosida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etib, lizing asosan 7 yil muddatga aholiga berish ishlarini tashkil etadi.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026