10:43 / 06.12.2020
3175

Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasida “Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlash” masalasi ko‘rib chiqildi. 

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu lavozimga Jo‘rayev Izzatbek Anvarovich nomzodi taklif etildi.

 Izzatbek Jo‘rayev ayni paytgacha Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Top