Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya qurilish muhandisligi sohasida mutaxassisligi bor migrantlarni ish bilan ta'minlashga kelishib oldi
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaning «Sigma Muhendislik» kompaniyasi vakillari bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: KUN.UZ
Muzokarada Turkiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, shuningdek me'morchilik va qurilish muhandisligi sohasida mutaxassisligi bor mehnat migrantlarini ish o‘rinlari bilan ta'minlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Turkiya kompaniyasi vakillari yuqoridagi yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlashni tashkil qilishga ham tayyor ekanini bildirdi.
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan, arxitektura va qurilish bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘lgan fuqarolar, jumladan, talabalardan konsulxonaning [email protected] elektron pochta manziliga rezyume va o‘zi haqida ma'lumot yuborishni so‘ragan.
«Sigma» Turkiyaning innovatsion qurilish sohasidagi yetakchi muhandislik va konsalting kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 30 yildan beri faoliyat yuritayotgan kompaniya muhandislik, dizayn, yirik qurilish loyihalarini boshqarish va konsalting masalalarida Turkiya va dunyoning yetakchi turdosh tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid

17:26 / 12.07.2025
Kurdiston ishchilar partiyasi qurollarini topshirmoqda. Bu Turkiya bilan 40 yillik mojaroga nuqta qo‘yadimi?

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

19:21 / 09.07.2025
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

18:55 / 09.07.2025