Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Turkiyada qo‘lga tushgan erkak O‘zbekistonga deportatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Bosh konsulxona.
A.A. Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 2019 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga yoki Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘ralgan.
Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettirilishi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanishi aytildi.
Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo‘lish so‘raldi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
10:25 / 12.06.2026
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
18:06 / 08.06.2026
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
17:43 / 04.06.2026