Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vaziri va Milliy razvedka xizmati direktori bilan uchrashdi
Uchrashuvda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 sentabr kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalin bilan uchrashdi.
Prezidentning joriy yil 6-7 iyun kunlari Turkiyaga qilingan rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Bugun ikki davlat vazirlari va idoralari rahbarlari o‘tkazgan qo‘shma uchrashuvning samarali natijalari yuqori baholandi. Qabul qilingan «yo‘l xaritasiga» muvofiq muntazam va tizimli aloqalarni davom ettirish, bunday muzokaralar formati va kun tartibini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama etildi. Xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik va xalqaro tashkilotlar doirasidagi sheriklikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
18:39 / 14.12.2024
Turkiya AQShdan Gazprombankka qarshi sanksiyalarni yumshatishni so‘radi
18:23 / 09.12.2024
Suriyada Asad boshqaruvi tugadi. Bu Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatini qanday o‘zgartiradi?
18:06 / 09.12.2024