AQShda prezident saylovlari natijalarini qayta ko‘rib chiqishni 17ta shtat qo‘llab-quvvatlamoqda
AQShda noyabrda o‘tgan prezident saylovlari natijalarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi yuzasidan Texas shtatidan oliy sudga berilgan da'vo arizasini qo‘llab-quvvatlovchi shtatlar soni tobora ko‘paymoqda.
Ayni vaqtda ushbu da'vo arizasini respublikachilar tomonidan boshqariluvchi 17ta shtat - Missuri, Alabama, Arkanzas, Florida, Indiana, Kanzas, Luiziana, Missisipi, Montana, Nebraska, Shimoliy va Janubiy Dakota, Janubiy Karolina, Tennessi, Yuta, Oklaxoma va G‘arbiy Virginiya vakillari qo‘llab-quvvatlamoqda. Ta'kidlab o‘tish joiz, ushbu shtatlar da'vo arizasiga qo‘shilmay, faqatgina uni qo‘llab-quvvatlagan.
Avvalroq Texas bosh prokurori Ken Pekston AQSh oliy sudiga “tebranuvchi” 4ta shtat - Jorjiya, Michigan, Pensilvaniya va Viskonsinda saylovlar natijalarini haqiqiy deb tan olmaslik iltimosi bilan murojaat qilgan. Ushbu masala bo‘yicha hali qaror chiqarilmagan.
Gap shundaki, ushbu 4ta shtatda saylovlar arafasida saylov qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritilgan. Pekstonning fikricha, qonunga o‘zgartirishlar noqonuniy bo‘lgan va demokrat Jo Baydenga ushbu shtatlarda ovoz berish vaqtida ustunlikka ega bo‘lishga imkon bergan.
3 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarining rasmiy natijalari hali e'lon qilinmadi. AQShning yirik OAVlari saylovlarda Bayden g‘alaba qozonganini e'lon qilgan. Amaldagi prezident Donald Tramp raqibining g‘alabasini tan olmayapti, biroq shu bilan birga unga hokimiyatni topshirishi yuzasidan kelishib olgan.
Mavzuga oid
21:16 / 06.10.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
09:51 / 06.10.2024
Dollarning kelajagiga shubhalar qanchalik asosli?
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
15:16 / 05.10.2024