Reuters agentligi ma’lum qilişiça, rezolyutsiya Senatda 50 nafar senatorning qöllab-quvvatlaşi va 48 nafarning qarşi ovoz berişi bilan qabul qilingan.
Ovoz beriş natijalari AQŞ siyosiy doiralarida Eron bilan davom etayotgan mojaro yuzasidan xavotirlar kuçayib borayotganini körsatdi. Xususan, ayrim respublikaçi senatorlar ham harbiy harakatlarning uzoq davom etişi böyiça savollar qöymoqda.
Rezolyutsiya matnida Donald Tramp ma’muriyati AQŞ Qurolli kuçlarini Eronga qarşi yoki Eron bilan boğliq harbiy harakatlar olib borilayotgan hududlardan çiqarişi lozimligi qayd etilgan.
Biroq hujjat asosan siyosiy va ramziy ahamiyatga ega. U qonun kuçiga ega emas va ijrosi majburiy hisoblanmaydi. Şu sababli prezident uni bajarişga majbur emas.
Rezolyutsiya taşabbuskorlari bölgan demokrat senatorlar fikriça, Kongress mamlakatni yangi uruşlarga jalb qiliş böyiça qarorlarda hal qiluvçi rol öynaşi kerak. Ular Kongress roziligisiz Eronga qarşi harbiy harakatlarni qayta boşlaş mumkin emasligini ta’kidlamoqda.
Oq uy rezolyutsiyani muhim deb hisoblamadi
CNN ma’lumotiga köra, Tramp ma’muriyati rezolyutsiya qabul qilinişini demokratlar uçun katta siyosiy yutuq sifatida baholamagan.
Oq uy vakillari ovoz beriş natijasiga ayrim respublikaçi senatorlarning majlisda iştirok etmagani ta’sir qilganini bildirgan. Şuningdek, ma’muriyat fikriça, hozirda amerikalik harbiylarni çiqariş talab etiladigan jangovar harakatlar mavjud emas.
Oq uy bayonotida ta’kidlanişiça, AQŞ va Eron örtasidagi harbiy harakatlar 17 aprel kuni e’lon qilingan öt oçişni töxtatiş kelişuvidan keyin rasman yakunlangan.
AQŞ va Eron örtasida muzokaralar davom etmoqda
Şunga qaramay, öt oçişni töxtatiş rejimi joriy etilganidan keyin ham ikki tomon örtasida ayrim qurolli hujumlar va keskinlik holatlari kuzatilgan.
2026 yil iyun oyi örtalarida Vaşington va Tehron ikki oylik özaro anglaşuv memorandumini imzoladi. Hujjat harbiy harakatlarni töxtatiş, Eronga nisbatan ayrim sanksiyalarni yumşatiş hamda mamlakatni tiklaş uçun maxsus jamğarma taşkil etişni nazarda tutadi.
Hozirda tomonlar keng qamrovli tinçlik kelişuvi böyiça muzokaralarni davom ettirmoqda. Donald Trampning sözlariga köra, yadroviy dastur ustidan xalqaro nazorat, sanksiyalar va Hörmuz böğozidagi kemaçilik xavfsizligi masalalarida dastlabki kelişuvlarga erişilgan.
AQŞ prezidentining ta’kidlaşiça, Eron xalqaro inspektorlarga özining yadroviy obektlarini tekşiriş imkonini berişga rozilik bildirgan va bu muzokaralarning keyingi bosqiçiga yöl oçgan.












