O‘zbekiston | 11:15 / 10.12.2020
4452
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi o‘zgartirildi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi. Ular qaror e'lon qilingandan e'tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Norma’ning yozishicha, tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunda nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha davlat bojlari to‘lanadi (ilgari bojlar nizomning 2-ilovasi bilan belgilangan edi).

Tadbirkorlik sub'yektlari yagona davlat reyestridan ma'lumotlar berilganligi uchun undiriladigan yig‘imlar stavkalarining yangi miqdorlari belgilandi (Nizomga 2-ilova).

Tadbirkorlik sub'yektlari yagona davlat reyestridan ma'lumotlar berilganligi uchun undiriladigan yig‘imlar 

STAVKALARI 

Tadbirkorlik sub'yekti – yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza shakli qo‘shimcha pozitsiyalar bilan to‘ldirildi (Nizomga 5-ilova).

Boshqa o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar ham nazarda tutilgan.

Hujjat 4.03.2021 yildan kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid