Jahon | 20:12 / 11.12.2020
4193
1 daqiqa o‘qiladi

AstraZeneca o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasini “Sputnik V” bilan birga qo‘llab ko‘radi

Kompaniyaning ma'lumot berishicha, AZD1222 va “Sputnik V” vaksinalari adenovirus vektorlari asosida ishlab chiqilgan.

Foto: Pavlo Gonchar, Sefa Karacan / LightRocket / Getty Images

AstraZeneca Angliya-Shvetsiya farmatsevtika kompaniyasi o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasini Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan birga qo‘llab sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.

Xabar qilinishicha, sinovlarda 18 yoshdan yuqori bo‘lganlar ishtirok etadi. Kompaniyaning ma'lumot berishicha, AZD1222 va “Sputnik V” vaksinalari adenovirus vektorlari asosida ishlab chiqilgan.

AstraZeneca turli vaksinalarni birgalikda qo‘llash "immun tizimining javob qaytarish xususiyatini kuchaytirishi mumkin"ligini ta'kidlagan.

Kompaniya klinik tadqiqotlar Rossiyada o‘tkazilishini ma'lum qilgan.

Avvalroq AstraZeneca koronavirusga qarshi vaksinasi uchinchi bosqich sinovi natijalarini e'lon qilgandi. Ta'kidlanishicha, vaksina samaradorligi 62dan 90 foizgacha bo‘lgan. Tadqiqotda 24 ming kishi qatnashgan va faqat uch kishida nojo‘ya ta'sir kuzatilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid