Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda professional futbol rivojlantiriladi, «Aral» jamoasi qo‘llab-quvvatlanadi - Hukumat qarori loyihasi
Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida professional futbolni rivojlantirish, “Aral” futbol jamoasini qo‘llab-quvvatlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
- O‘zbekiston davlat madaniyat va san'at instituti Nukus filialiga qarashli bo‘lgan Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston ko‘chasi 24-uyda joylashgan bino va inshootlarning oshxona, sport va majlislar zali joylashgan qismini Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-son futbol mahorat maktabi balansiga;
- Nukus shahri, Hurliman qiz baqsi ko‘chasi raqamsiz uyda joylashgan O‘zbekiston davlat madaniyat va san'at instituti Nukus filialining bo‘sh turgan binosini to‘liqligicha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali balansiga beg‘araz o‘tkazib berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K.Sariyev):
- O‘zbekiston davlat madaniyat va san'at instituti Nukus filialining O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali balansiga o‘tkazilgan bo‘sh turgan binosiga “Aral” futbol jamoasining asosiy bazasini joylashtirish hamda uni rekonstruksiya qilish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali balansidagi Nukus shahri, Hurliman qiz baqsi ko‘chasida joylashgan Markaziy “Turon” stadionini rekonstruksiya qilish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
- 2021 yildan boshlab “Aral” futbol jamoasini har yili tasdiqlangan xarajatlar smeta hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta'minlash;
- “Aral” futbol jamoasining O‘zbekiston chempionati musobaqalari va o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida va muntazam borib kelishlari uchun 1 dona “Yutong” avtobusi (44 o‘rinlik) va 1 dona “Mercedes benz Tourismo” avtobusi (51 o‘rinlik) bilan ta'minlash;
- Qoraqalpog‘iston futbol assotsiatsiyasi infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha yosh toifasidagi terma jamoalarning o‘quv mashg‘ulotlarini uchun yangidan futbol markazini tashkil etish;
- O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (R.Ermatov) bilan birgalikda turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalar o‘quv mashg‘ulotlari uchun tashkil etilgan futbol markazining xalqaro talablarga muvofiq loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish, belgilangan tartibda tasdiqlash hamda 2021 yil yakuniga qadar qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida professional futbolni rivojlantirish, “Aral” futbol jamoasini qo‘llab-quvvatlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining qo‘shimcha mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag‘ ajratilishini ta'minlash choralarini ko‘radi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga (A.Hojiboyev) “Aral” futbol jamoasining asosiy bazasida funksional diagnostika, sportchilarni sog‘lomlashtirish va reabilitatsiyasi uchun zamonaviy sport tibbiy markazini tashkil qilish hamda zarur tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta'minlash vazifalari yuklatiladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (R.Ermatov):
- 2021 yildan boshlab “Aral” futbol jamoasining superligada istisno tariqasida ishtirok etishini;
- hududda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida 2021 yilning I choragida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-son futbol mahorat maktabi uchun yangi sun'iy qoplamali zaxira futbol maydonini qurishini;
- 2021 yilning I choragida “Aral” futbol jamoasini zarur zamonaviy trenajyorlar va sport anjomlari bilan jihozlanishini ta'minlaydi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.Sariyev) 2021-2023 yillarda Nukus shahar, Kegeyli, Amudaryo, Ellikqal'a, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlarida yangidan bolalar-o‘smirlar sport maktablarini tashkil etish choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
23:42 / 11.06.2026
Joze Mourinio «Real»ga qaytdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
20:33 / 04.06.2026
Jahon chempionatida irqchilik holatlari yuz bersa, o‘yin butunlay to‘xtatiladi
21:10 / 31.05.2026