Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 18 dekabr kuni yoshlar forumi boshlanadi. Unda poytaxtlik yoshlarning murojaati e'lon qilinishi kutilmoqda
Toshkentda 18–21 dekabr kunlari Tashkent City Kongresslar zali va Humo Arena majmuasida ilk marotaba hukumat a'zolari bilan yoshlarning uchrashuvi - «Toshkent yoshlar forumi - 2020» bo‘lib o‘tadi.

18-21 dekabr kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida poytaxtda ilk marotaba «Toshkent yoshlar forumi – 2020» o‘tkaziladi. Bu haqda forum tashkilotchilari Kun.uz’ga xabar qilishdi.
Hukumat a'zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, san'at va madaniyat vakillari, xorijiy ekspertlar ishtirokida tashkil qilinayotgan forumda ilk marta hukumat a'zolari bilan yoshlarning uchrashuvi o‘tkazilib, ular o‘zaro ochiq muloqotga kirishishadi. Ushbu muloqotlarda 5 ming nafarga yaqin yoshlar o‘z sohalarida taklif va taqdimotlar bilan qatnashishadi.
4 kun davom etadigan forumda yosh kino ijodkorlarining «Yoshlar va gender tengligi» mavzusidagi taqdimotlari, maxsus effektlardan foydalanish bo‘yicha mutaxassislar ishtirokidagi master-klass, «Debyut» – qisqa metrajli filmlar namoyishini o‘tkazish ham belgilangan.
Shuningdek, forumning yorqin loyihalaridan biri – O‘zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish, poytaxtning turistik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan «Yangi Toshkent» foto va videoroliklar tanlovi sovrindorlarining ko‘rgazmasi va Humo Arena muz saroyida esa «Ko‘cha sporti» (Street workout) musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Forum yakunida Toshkent shahar hokimi ham o‘z taqdimoti bilan qatnashishi, Toshkent yoshlarining butun respublika yoshlariga murojaati o‘qib eshittirilishi aytilmoqda.
Forumda ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar https://tashkent2020.uz/ saytida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:30 / 26.12.2021
“Toshkent yoshlar forumi – 2021” direksiyasi: noodatiy tarzda o‘tkan forum haqida xulosalar
20:12 / 21.12.2021
«Undaylar vatanning ham kelajagiga ishonmaydi» - Ortiqxo‘jayev internetda tanqid yozadiganlarni tanqid qildi
18:48 / 21.12.2021
Aziz Abduhakimov - jamoat hojatxonalari, qishki olimpiada boykoti va Orolga kelayotgan pullarning qanchalik shaffofligi haqida
17:00 / 20.12.2021