Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 14 dekabrdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi
AQShda aholini koronavirusga qarshi emlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Mamlakatda Pfizer va BioNTech kompaniyalari vaksinasi bilan emlash 14 dekabrdan boshlanishi kutilmoqda, deb ma'lum qilgan emlash dasturiga rahbarlik qilayotgan general Gustav Perna.
Emlashning birinchi kuni vaksina emlash o‘tkaziladigan 145ta markazga yetkaziladi. Hozircha vaksina bilan emlashni 636ta markazda o‘tkazish mumkin. 15 dekabrda esa vaksina barcha emlash markazlariga yetkaziladi. Pfizer va BioNTech emlash markazlarida vaksinani tegishli sharoitda saqlash uchun o‘ta past haroratli qurilmalar bo‘lishini talab qilmoqda.
AQShda 12 dekabrda Pfizer va BioNTech vaksinasini qo‘llashga ruxsat berildi. Shu tariqa, AQSh ushbu vaksinani qo‘llashga ruxsat bergan 6-davlat bo‘ldi. Avvalroq bunday ruxsat Britaniya, Kanada, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va Meksikada berilgandi. Yevropa ittifoqida vaksinani tekshirish davom etmoqda. Yevropaning Dori vositalari bo‘yicha agentligi vaksina bo‘yicha yakuniy qarorni 29 dekabrgacha qabul qilishi kutilmoqda.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, BioNTech va Pfizer vaksinasi samaradorligi 95 foizga yetadi. Vaksina sinovlarida ishtirok etganlarda hozircha jiddiy ikkilamchi ta'sirlar qayd etilmagan. Sinovlarda 43,5 ming kishi ishtirok etgan, ulardan deyarli yarmi platsebo olgan.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026