Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent yoshlar forumi – 2020»da qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tganlar 3 ming nafardan oshdi
Ma'lumki, joriy yil 18-21 dekabr kunlari poytaxtda Toshkent shahar hokimligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida ilk marotaba «Toshkent yoshlar forumi – 2020» o‘tkazilmoqda. Unda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 5 mingga yaqin yoshlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda forumda ishtirok etish istagida bo‘lganlarda unga kirish tartibi, ro‘yxatdan o‘tishdagi talablar va shu kabi bir qator savollar ham paydo bo‘lmoqda.
Forum direksiyasining ma'lum qilishicha, tadbirga kirish faqat ro‘yxatdan o‘tilgandagina amalga oshiriladi. Shu sabab forumga kelmoqchi bo‘lgan yoshlardan ro‘yxatdan o‘tishda e'tiborliroq bo‘lishlari talab etiladi.
Yoshlar forumida qatnashmoqchi bo‘lganlar tashkent2020.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ishtirokchining ism-sharifi, yoshi, qayerda ishlashi yoki o‘qishi, telefon raqami va boshqa ma'lumotlar so‘raladi. Shundan so‘ng qatnashchi o‘zi bormoqchi bo‘lgan tadbirlarni belgilaydi. Yakunda bir necha qo‘shimcha javoblarni to‘ldirgach, u ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanadi. Ro‘yxatdan o‘tgach qatnashchiga 2-3 kun ichida bu haqida sms-xabarnoma yuboriladi. Ortiqcha tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun qayta-qayta ro‘yxatdan o‘tmay, sms-xabarni kutish tavsiya etiladi.
Hozirga qadar ro‘yxatdan o‘tganlar 3000 nafardan ortiqni tashkil qilmoqda. Forum jami 5 ming nafargacha yoshlarni qabul qila oladi. Ro‘yxatdan o‘tishga arizalar 16 dekabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Agar ishtirokchilar soni 17 dekabrga qadar 5 mingga yetsa, ro‘yxatdan o‘tkazish muddatidan avval to‘xtatiladi.
O‘zbekiston tarixida ilk marta hukumat vakillari va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘rnatishga imkon beradigan forum qatnashchisiga aylaning va mamlakat kelajagiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Forum haqida batafsil tashkent2020.uz saytida bilib olishingiz mumkin.
«Toshkent yoshlar forumi – 2020» direksiyasi Axborot xizmati
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

15:30 / 26.12.2021
“Toshkent yoshlar forumi – 2021” direksiyasi: noodatiy tarzda o‘tkan forum haqida xulosalar

20:12 / 21.12.2021
«Undaylar vatanning ham kelajagiga ishonmaydi» - Ortiqxo‘jayev internetda tanqid yozadiganlarni tanqid qildi

18:48 / 21.12.2021
Aziz Abduhakimov - jamoat hojatxonalari, qishki olimpiada boykoti va Orolga kelayotgan pullarning qanchalik shaffofligi haqida

17:00 / 20.12.2021