Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada rus mafiyasiga qarshi 7 yil olib borilgan tergov yakuniga yetdi
Ispaniya politsiyasi pul yuvish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy tarmoqqa qarshi 7 yil olib borilgan tergov yakunlanganini ma'lum qildi. Jinoiy tarmoqqa rus mafiyasi va Ispaniyaning yuqori mansabdor shaxslari aloqador bo‘lgan.
Ushbu tergov doirasida 23 kishi, jumladan Rossiyaning 8 fuqarosi hibsga olingan.
Huquq-tartibot idoralarining ma'lum qilishicha, bu tergov oxirgi 10 yil ichidagi eng yirigi bo‘lgan.
“Jinoiy to‘da nafaqat pul yuvish bilan shug‘ullangan, balki ispan jamiyatida chuqur ildiz otib ketgan. To‘da mamlakatimizga olib kelingan pullardan bir qismini strategik muhim tarmoqlardagi amaldorlarni va siyosatchilarni sotib olishda qo‘llagan. Jinoiy tashkilot turli davlat muassasalariga kirib borishga muvaffaq bo‘lgan”, deyilgan politsiya saytida.
Jinoyatchilar pul yuvishdan tashqari, investitsiyaviy loyihalar bilan shug‘ullangan, nufuzli ko‘chmas mulk, restoran, sanoat omborlari qurish uchun yer sotib olgan. Politsiyaning fikricha, jinoyatchilar, shuningdek, Ibitsa orolidagi asosiy tungi klublardan birini sotib olmoqchi bo‘lgan.
Tergov doirasida Alikante, Madrid, Tarragona va Ibitsada tintuvlar o‘tkazilgan. Hibsga olinganlar orasida jinoiy tashkilot rahbarlari ham bor. Hibsga olinganlardan 8 nafarini rossiyalik, 2 nafarini ukrainalik, 2 nafarini qozog‘istonlik va jazoirlik, qolganlarini ispanlar tashkil qilgan.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
09:01 / 25.05.2026