Sport | 03:06 / 17.12.2020
15879
2 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. «Jyenoa» peshqadam «Milan» bilan durang qayd etdi. Gollardan biri Eldorning o‘g‘liga bag‘ishlandi

Foto: Jyenoa

Italiya A Seriyasi 12-turi doirasida autsayder bo‘lib turgan «Jyenoa» turnir peshqadami «Milan» bilan durang qayd etdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov jamoasining hisobni ochuvchi goliga sababchi bo‘ldi. 47-daqiqada uning zarbasini Donnarumma qaytarib qolgan bo‘lsa, qaytgan to‘pni Destro darvozaga yo‘llab «Jyenoa»ni hisobda oldinga olib chiqdi. E'tiborlisi, Destro golni o‘ziga xos tarzda nishonlab, o‘yin kuni farzandli bo‘lgan Eldorni tabrikladi.

Ammo ko‘p o‘tmay, Kalabriya hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 60-daqiqada yana o‘sha Destro genuyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada Kaluluning goli «Milan»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolish bilan birga A Seriyadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 24ta o‘yinga yetkazdi – 2:2.

Ushbu durangdan keyin «Jyenoa» 7 ochko bilan 18-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Milan» 28 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi.

A Seriya. 12-tur. 

Jyenoa – Milan – 2:2
Gollar:  1:0 – 47 Destro, 1:1 – 52 Kalabriya, 2:1 – 60 Destro, 2:2 – 83 Kalulu.
Jyenoa – Perin, Gilone, Bani, Masello, Pellegrini (Chiborra, 46), Sturaro (Bexrami, 76), Lerager, Pyatsa (Melegoni, 69), Goldaniga, Destro (Skamakka, 76), Shomurodov (Radovanovich, 85).
Milan – Donnarumma, Kalulu, Kalabriya, Diogu Dalot, Romanoli, Chalxanoglu, Tonali (Braim Dias, 77), Kastilexo (Salemakers, 53), Kessie, Rebich (Xeuge, 53), Rafael Leau.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid