Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining javoblari e'lon qilinadi
Javoblarni ta'lim muassasasining o‘zi orqali, test topshirgan abituriyentlar esa DTM sayti orqali bilishi mumkin.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining javoblari bugun, 17 dekabrda e'lon qilinishini ma'lum qildi.
2020/2021 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga o‘tkazilgan saralash imtihonlari (test sinovlari, yozma va kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalarini 2 xil yo‘l bilan bilish mumkin.
“Abituriyentlar saralash imtihonlari natijalarini o‘zlari hujjat topshirgan ta'lim muassasalari orqali, test topshirgan abituriyentlar esa Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali bilishlari mumkin”, – deb xabar bermoqda vazirlik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi 201ta kollej va 185ta texnikumga jami 154 765ta kvota ajratilgan. Bu o‘rinlar uchun 260 021 nafar talabgor hujjat topshirgan. Saralash imtihonlari esa 20 noyabrdan 30 noyabrga qadar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
11:44 / 30.03.2026
O‘zbekistonda 14 ta “yashil” texnikum ochiladi
18:59 / 06.03.2026
Ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 barobar oshiriladi
10:03 / 12.02.2026