O‘zbekiston | 08:14 / 23.12.2020
50916
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda yo‘lda ketayotgan mashinaning gaz balloni portladi

Joriy yilning 22 dekabr kuni soat 17:30larda Buxoro viloyati Buxoro shahar, Ibn Sino ko‘chasida haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan J.R. "Vaz-21063" rusumli avtomobilni boshqarayotib, "Dilkusho" kesishmasiga yetgan vaqtida transport vositasining gaz ballonida chaqnash sodir bo‘lgan.

Foto: Getty Images

 IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, chaqnash natijasida haydovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan viloyat IIB YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, chaqnash sabablariga aniqlik kiritilmoqda. 

“Barcha haydovchilardan boshqaruvdagi transport vositasining texnik sozligiga e'tiborli bo‘lib, yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid