Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat samaradorligi past bo‘lgan tashkilotlar ma'lum qilindi
Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarning 2020 yil yakunlari bo‘yicha yil sarhisobi va 2021 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik axborot va matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hay'at yig‘ilishida tizimdagi tashkilotlarning reyting natijalari e'lon qilindi.
Baholash reytingi natijalariga ko‘ra, quyidagi tizim tashkilotlari faoliyat samaradorligi yuqori bo‘lgan tashkilotlar deya e'tirof etildi:
- 2020 yilda eng namunali faoliyat ko‘rsatgan teatr - O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri;
- 2020 yilda eng namunali faoliyat ko‘rsatgan muzey – O‘zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi;
- 2020 yilda eng namunali faoliyat ko‘rsatgan madaniyat markazi - Farg‘ona viloyati madaniyat markazi;
- 2020 yilda eng namunali faoliyat ko‘rsatgan ta'lim muassasasi - Namangan ixtisoslashtirilgan san'at maktabi;
- 2020 yilda eng namunali faoliyat ko‘rsatgan hududiy madaniyat boshqarmasi: 1-o‘rin, Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi; 2-o‘rin, Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi; 3-o‘rin, Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi.
Shuningdek, quyidagi tizim tashkilotlari faoliyat samaradorligi past bo‘lgan tashkilotlar deb baholandi:
- faoliyat samaradorligi past bo‘lgan teatr - Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri va Buxoro musiqali teatri;
- faoliyat samaradorligi past bo‘lgan muzey - O‘zbekiston zamonaviy san'at muzeyi va Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyat davlat muzeyi;
- faoliyat samaradorligi past bo‘lgan bolalar musiqa va san'at maktabi - Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani 20-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi.
- faoliyat samaradorligi past bo‘lgan o‘rta maxsus ta'lim muassasasi - Toshkent viloyati Bekobod ixtisoslashtirilgan san'at maktabi.
- faoliyat samaradorligi past bo‘lgan hududiy boshqarma - Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi.
Mavzuga oid
21:54 / 21.04.2026
“Soliq to‘lamayman deyishga or qilish kerak” - madaniyat vaziri
20:28 / 12.01.2026
Antikorrupsiya agentligi hukumatdan Ozodbek Nazarbekovga chora ko‘rishni so‘radi
07:32 / 19.08.2025
Rossiyaning «Comedy Club» teleshousi O‘zbekistonda taqiqlangani ma’lum bo‘ldi
00:26 / 14.05.2025