15:36 / 26.12.2020
28276

Farg‘ona vodiysida 4 ballik yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 26 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:28da Qirg‘izistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Yer silkinishi koordinatalari: 40,19 gradus shimoliy kenglik; 71,66 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,2. Chuqurlik 10 km. 

Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 238 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent : 238 km, 2 ball.
  • Namangan : 90 km, 4 ball.
  • Andijon : 88 km, 4 ball.
  • Farg‘ona : 24 km, 4 ball.
  • Guliston : 246 km, 2 ball.
  • Jizzax : 325 km, 2 ball.
  • Samarqand : 405 km, 2 ball.
Mavzuga oid
Top