11:00 / 27.12.2020
4346
Reklama

Seoul Mun – biznesni rivojlantirish uchun mukammal hudud

Seoul Mun – soy bo‘yida savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngil ochish uchun tijorat ko‘chmas mulkini muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirgan maskan. Poytaxt markazidagi Bo‘rijar kanalining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab 40 000 kvadrat metrdan ziyod maydonga ega ushbu loyiha 200 dan ortiq turli o‘lchamdagi savdo maydonlarini taklif etadi.

Xalqaro yetakchi konsalting kompaniyasi hisoblangan Knight Frank'ning mustaqil ekspertlari ko‘chmas mulk rentabelligi bo‘yicha yechimlarni ishlab chiqdilar. Tavsiya etilgan beshta toifadagi joylar tijorat salohiyatini maksimal darajada oshiradi. Ushbu tasnif loyiha hududida tijorat xususiyatlarini muntazam ravishda taqsimlanishini ta'minlaydi.

«Seoul Mun savdo-ko‘ngilochar markazi biznesning qaysi turlari uchun mo‘ljallangan?» - mazmunidagi odatiy savolga Dream City Development kompaniyasi qat'iy ishonch bilan: «Hamma turiga!» - deya javob qaytaradi.

Dunyoga mashhur brendlar o‘z do‘konlarini ochish uchun Seoul Mun'ni tanlaydilar. O‘zgacha sohil bo‘yidagi maskan biznes, savdo va xizmat ko‘rsatish uchun 100 dan ortiq turli xil variantlarni taklif etadi. Keng doiradagi savdo maydonlari cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi.

Bu yerda turli formatga ega umumiy ovqatlanish nuqtalari, fast food zonalari, qahvaxonalar, qandolat do‘konlari, gastro butiklar, mualliflik yoki tarmoq restoranlarini tashkil qilish mumkin. Seoul Mun go‘zallik salonlari, spa salonlar, kimyoviy tozalash maskanlari uchun ham foydali joyga aylanadi.

Shuningdek Seoul Mun tijorat ko‘chmas mulki bank va moliya muassasalari, sug‘urta kompaniyalari, xalqaro va mahalliy vakolatxonalar uchun juda maqbul markaz hisoblanadi.

Taniqli jahon brendlarining yirik show room'lari, kiyim-kechak butiklari, kosmetika va parfyumeriya, uy buyumlari va elektronika do‘konlari, dorixonalarning ochilishi yanada ko‘proq tashrif buyuruvchilarni jalb qiladi.

Katta maydonga ega joylarni izlayotgan: mebel do‘konlari, yirik do‘konlar, supermarketlar va savdo tarmoqlari vakillari uchun Seoul Mun'da 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan joylar mavjud.

Kinoteatrlar, karaoke, bolalar maydonchalari, kvest xonalar, bouling, bolalar uchun o‘yin maydonchalari joylashadigan joylarga alohida e'tibor berilgan

Seoul Mun loyihasining bir yoki bir nechta tijorat joylarini sotib olib, siz sarmoyalaringizning yuqori investitsiya salohiyatiga va poytaxt markazidagi biznesingizni muvaffaqiyatli rivojlanishiga shubha qilmaysiz.

Seoul Mun – biznesingiz rivojlanadigan hudud. Foydali joyni tanlashga shoshiling.

Yagona ma'lumot markazi: +998 71 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top