Jahon | 18:03 / 30.12.2020
6254
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga qarshi emlash qayerda qanday kechmoqda? Fotoreportaj

2020 yil oxiriga kelib insoniyat koronavirusga qarshi dastlabki vaksinalarga ega bo‘ldi. Qisqa muddat ichida turli kompaniyalar va olimlar tomonidan vaksinalar ishlab chiqildi.

Bir qator mamlakatlarda koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari boshlab yuborildi. Vaksinatsiya qayerda qanday kechayotgani haqida quyidagi fotoreportaj orqali tanishishingiz mumkin.

 Foto: Yuki Iwamura / Reuters

Bruklindagi qariyalar uyi, Nyu-York, AQSh. Mamlakatda vaksinatsiya 14 dekabrda boshlandi. AQShda Pfizer va BioNTech hamda Moderna kompaniyalari vaksinalaridan foydalanilmoqda.

 Foto: Edgard Garrido / Reuters

Mexiko, Meksika. Shifokorlar Pfizer/BioNtech vaksinasi bilan emlanmoqda.

 Foto: Sergey Pivovarov / Reuters

Rostov-Don, Rossiya. Harbiy xizmatchilar «Sputnik V» vaksinasini qabul qilmoqda. Vaksina avgustda ro‘yxatga olingan, dekabrda ommaviy vaksinatsiya boshlandi. 

 Foto: Hamad I Mohammed / Reuters

Manama, Bahrayn. Mamlakatda 25 dekabrdan bepul vaksinatsiya boshlandi.

 Foto: Omer Messinger / Getty Images

Arena Berlin emlash markazi, Berlin, Germaniya. Germaniyada 27 dekabrdan ommaviy emlash boshlangan, birinchi navbatda keksa yoshlilar emlanadi. 

Foto: Lisi Niesner / Reuters

Shifokor koronavirusga qarshi emlanmoqda, Vena, Avstriya.  

 Foto: Matteo Bazzi / Reuters

Milandagi hospital, Italiya. Vaksinatsiya 27 dekabrda boshlandi.

Foto: Aaron Chown / Getty Images

Chelsidagi qirollik hospitali, London, Buyuk Britaniya. Ikkinchi jahon urushi faxriysi, 98 yoshli Jyeyms Sallivan emlanganidan so‘ng.  

 Foto: Amir Levy / Getty Images

Shifokorlar emlanmoqda, Tel-Aviv, Isroil. Mamlakatda emlash kampaniyasi 20 dekabrda boshlandi, birinchi bo‘lib bosh vazir Binyamin Netanyaxu emlandi.

 Foto: Alkis Konstantinidis / Reuters

Afina, Gretsiya. Navpakt mitropoliti Iyerofey (Vlaxos) vaksinatsiya qilinmoqda.

Mavzuga oid