Xivaning dunyoga maşhur Içanqal'a tarixiy va me'moriy yodgorliklar majmuasi neça asrki sayyohlarni öziga ohanrabodek tortib keladi. Istiqlol davrida, ayniqsa, sönggi uç-tört yilda qadim kent tom ma'noda sayyohlik şahriga aylandi. Buning uçun yaratilgan mustahkam zamin eng zamonaviy xizmatlar körsatişga qodir mehmonxonalar qurilişi, muzeylar fondlari boyitilişi va şaharga temiryöl kelişi, tezyurar yölovçi poyezdlar qatnovi yölga qöyilişi orqali töla namoyon böldi.

Ötgan yili şaharga oldingi yillardagiga nisbatan beş hissa köproq sayyohlar taşrif buyurgani xalqaro va içki turizmni rivojlantiriş tizimidagi jadal islohotlar samarasidir.

Içanqal'adan kunbotiş tomonga beş yuz qadamça yursangiz «Nurullaboy» saroyiga borasiz. 1893-1904 yillarda Xiva xoni Muhammad Rahimxon Soniy farmoni bilan qurilgan bu me'moriy obida Dişanqal'a hududida bölib, öz vaqtida xonlar uçun yozgi qarorgoh vazifasini ötagan. Öz davrida Şarq va Ğarb me'morligi an'analari asosida qurilgan va yurtimizda yagona bölgan saroyga yondoş joyda çet ellik mehmonlarni qabul qiliş uçun alohida qarorgoh ham barpo etilgan. Baland eşik va derazalar Xiva yaqinidagi Oqmaçit qişloğida yaşagan mennonit mazhabiga mansub nemislar tomonidan yasalgan. Yana öşa davr uçun hududda yangilik tarzida saroy xonalariga golland rusumidagi peçlar ham qurilgan.

Rasmiy qabullar saroyi

Bu obida vaqt kelib tarixiy vazifasidan ayro tuşiş asnosida hatto me'moriy körkini yöqotiş darajasiga borgani ham ayni haqiqat. Uşbu majmua aynan davlat rahbarining 2017 yildagi taşabbusiga asosan Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki mablağlari hisobidan töla qayta ta'mirlandi. Eng muhimi, öşa yili boşlangan bu mas'uliyatli jarayon yurtimizning eng maşhur ustalari tomonidan tarixiy obidaga şikast yetkazmagan holda mohirona amalga oşirildi. Bu jarayon ikki bosqiçda va uç yil içida sifatli yakuniga yetkazilganligi ham uning qançalik murakkab va noyob jarayonligidan dalolat beradi.

Ikkinçi umrini boşlagan tarixiy-me'moriy obida zimmasiga endilikda yangi mas'uliyatli vazifa yuklandi. Bu vazifa ayni damda yurtimizning turistik salohiyatini oşiriş borasida olib borilayotgan islohotlarga mos va xosdir. Prezidentimizning yurtimizda turizmni yanada rivojlantiriş borasidagi tarixiy qarorlari hamda 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandçilikni yanada rivojlantiriş va hunarmandlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni ijrosini ta'minlaş maqsadida uşbu ulkan saroyda xalq hunarmandligi namunalari körgazmasini taşkil etiş ğoyasi ilgari surildi va qisqa fursatda amalga oşirildi. Asrni qaritgan me'moriy obida asliyatni saqlagan holda tamomila yangilangan va yana köplab asrlarni, avlodlarimiz va sayyohlarni öz körinişi, salobati bilan hayratga soladigan koşonaga aylandi.