13:02 / 04.01.2021
12369

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi so‘nggi haftalarda ilk bor pasaydi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 5 yanvar kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 27,48 so‘mga pasaygan va bir dollar 10 449,44 so‘mni tashkil qilgan. Dollar kursi qatorasiga to‘qqiz hafta ko‘tarilgach, ilk bor pasaydi.

Yevro kursi 24,13 so‘mga tushib, 12 761,90 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 0,82 so‘mga arzonlagan va 1 rubl 140,45 so‘mni tashkil etgan.

2020 yilning 17 dekabrida bir necha tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 500 so‘mgacha ko‘tarilgandi. 

Mavzuga oid
Top