Tahririyatga murojaatdan söng Kun.uz muxbirlari vaziyatni örganiş maqsadida Urgut tumanida böldi.
Tasavvur hosil qiliş uçun aytiş lozim, Urgut Samarqand viloyatidagi eng aholi ziç yaşaydigan tumanlardan biri. Bu hududda yarim million aholi istiqomat qiladi. Deyarli barça davlat taşkilotlari tuman markazida joylaşgan. Köçalarda ikkita maşina yonma-yon turib qolsa, uçinçisida muammo paydo böladi. Ammo bu örinda gap qaysidir markaziy köçani kengaytiriş haqida bormayapti.



«Uylarimiz 1982 yilda qurilgan. Yaqinda ogohlantiriş xati berib ketişdi. 40-50 yildan buyon tinç yaşab kelayotgan uyimizda heç qanaqa quriliş qilmasligimiz kerak ekan. Kelgusida uylarimiz buzilişi mumkinligini aytişmoqda. Bu xonadonda hali uylanmagan öğlim, katta farzandlarim bilan birga yaşayotgan kelinlarimiz bor, qayerga boramiz? Ogohlantiriş berib ketişganiga hatto darvoza ham qurmay ötiribmiz, köngilsiz bölib qoldik», - deydi Rohila Murodova.

«Menga ham ogohlantiriş xati olib kelişdi, olmadim. Çunki mana, 60 yoşga kirib ham uyimning çalasi bor. Hali yana qança yaşayman, bundan keyin ham kamçiliklarni töğrilolmayman. Yaqinimizga masjid keldi, qarigan çoğimizda namozimizni öqiymiz, deb quvonib ötirgandik. Masala butunlay çappasiga aylanib ketyapti. Bizni boşqa joyga köçirib yuborişmoqçi, tuşunmayapman», - deydi Nizomiddin Törayev.
Odatda muqim yaşab kelayotgan aholining uyi «snos»ga tuşişiga sabab böladigan omillar bor. Masalan, biror yölni kengaytiriş, davlat ahamiyatiga molik biror obektning qurilişi va şu kabilar.
Murojaatçilarning qölidagi ogohlantiriş xatiga e'tibor qildik. Unda yozilişiça, Samarqand viloyati hokimining 2020 yil 6 avgustda tumanda ötkazgan sayyor yiğilişi bayoniga asosan Urgut erkin iqtisodiy zonasining Mergança massividagi sanoat korxonalari bilan qöşilib ketgan aholi turar joy binolarini töliq xatlovdan ötkaziş közda tutilgan. Şuningdek, xatlov natijasi böyiça turar joy binolarini köçiriş orqali hududning boş rejasiga özgartiriş kiritiş yuzasidan taklif işlab çiqiş, xatlovda aniqlangan uy-joy binolarining köçirilişi haqida ogohlantiriş berilişiga doir topşiriq bölgan.



















