12:00 / 17.01.2021
4181
Reklama

Alfraganus savdo mavzesidagi foydali biznesingiz

Poytaxt hududidagi tijorat ko‘chmas mulkining yangi shakli biznes egalari, investorlar va ijarachilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni taqdim etadi.

Alfraganus nima uchun innovatsion loyiha hisoblanadi?

Mavze miqyosi. Loyihada har qanday tijorat faoliyati va xizmat ko‘rsatish sohasi uchun 524 ta bino mavjud. Binolarning maydoni 32 dan 3030 kvadrat metrgachani tashkil etadi. Bu esa biznesning mutlaqo turli toifalari – dorixona va parfyumeriya do‘konidan tortib avtosalon va gipermarketgacha bo‘lgan yirik biznes turlarini ham tashkil etish imkoniyatini beradi.

Tashqi fasadlar. Loyiha hududida fasad dizayniga alohida e'tibor qaratilgan. Bu yerda bir nechta turdagi tashqi fasad bezaklari mavjud. Biznesning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab siz suyuq travertin, g‘isht yoki fibrobeton bilan bezatilgan panorama oynali joylarni egasi bo‘lishingiz mumkin.

Mavze bir necha hududlarga bo‘lingan. Alfraganus savdo mavzesi ko‘rsatadigan xizmatlar turiga ko‘ra turfa zonalarga bo‘linadi – kafe va restoranlar, kiyim-kechak va poyabzal, bolalar mahsulotlari, kichik elektronika va maishiy texnika va boshqalar. Jahon amaliyotiga ko‘ra, bunday bo‘linish butun hudud bo‘ylab tashrif buyuruvchilarning aylanishi hamda o‘ziga kerakli xizmat va mahsulotlarni tezda topishi uchun juda qulay hisoblanadi.

Avtoturargoh. Savdo mavzesining aylana avtoturargohi 1500 avtomobilni sig‘dira oladi. Ushbu yechim barchaga qulay hisoblanib, xarid qilish va ko‘ngilochar tadbirlarni yanada qulay o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Avtoturargohdan savdo mavzesigacha juda qisqa masofa bo‘lib, bu tashrif buyuruvchilar va biznes egalari uchun juda ma'qul yechim hisoblanadi. 

Ijara. Alfraganus Academy'ning bo‘limi ijara biznesi uchun bino sotib olgan sarmoyadorlar uchun foydali taklifni taqdim etadi. Investorlar joyni tayyor ijarachilar bilan sotib olishlari mumkin. Bu o‘z navbatida ularning daromadlari to‘xtab qolish ehtimolini yo‘qqa chiqaradi. Savdo mavzesi hududidan joy tanlamoqchi bo‘lgan ijarachilar hozirdan harakatni boshlashlari kerak. Ular o‘z bizneslariga to‘g‘ri keladigan binolarni tanlashlari va sotuvlar boshlanganda ijaraga olish huquqini saqlab qolishlari mumkin.

Batafsil ma'lumotlari quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top