Alfraganus universiteti YuNeSKOning 10-Ta’limda tadbirkorlik APEID Kengashi yig‘ilishiga mezbonlik qildi
10 oktyabr kuni Toshkent shahrida YuNeSKOning Bankokdagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Yoshlar kelajagi va ta’limda tadbirkorlik” mavzusidagi o‘ninchi Ta’limda tadbirkorlik YuNESKO-APEID (YuNeSKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ta’lim innovatsiyalarini rivojlantirish tarmog‘i) Kengash yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Ushbu nufuzli anjumanda dunyoning 34 davlati va O‘zbekistondan 200 dan ortiq ekspertlar, oliy ta’lim muassasalari vakillari, tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlar qatnashdi.
Anjuman Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi Alfraganus universiteti hamkorligida tashkil qilindi. Mazkur universitet 2023 yilning oktyabr oyida Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan YuNESKO-APEIDʼning 9-uchrashuvida 10-yubiley yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazish taklifini ilgari surgan edi. YuNeSKO tadbirkorlik ta’limi tarmog‘i (EE-Net) doirasida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar muhokama qilinmoqda. Bu tadbir yoshlar orasida barqaror rivojlanish, iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
“Xalqaro konferensiyani Alfraganus universiteti bilan YuNeSKO hamkorligida o‘tkazilayotganining asosiy sababi universitetimiz nodavlat OTM bo‘lgani uchun tadbirkorlik sub’yekti hisoblanadi. Bu yerda tahsil olayotgan talabalar bir paytning o‘zida ta’limda tadbirkorlikni o‘rganish va xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish orqali kelajakda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va avtomatlashtirish orqali ko‘nikmalarini oshirishadi”, dedi Alfraganus universiteti rektori Muhammadismoil Mahmudov.
Ta’kidlash joizki, anjuman davomida 34 mamlakatdan tashrif buyurgan mutaxassislar yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va ta’lim tizimiga tadbirkorlikni integratsiya qilishga doir tajribalar bilan o‘rtoqlashadi. Shuningdek, tadbir davomida maxsus tadbirkorlik ta’limiga bag‘ishlangan jurnal taqdimoti ham o‘tkaziladi va anjuman yakunlariga ko‘ra, “Toshkent deklaratsiyasi” imzolanishi rejalashtirilgan.
“Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi” doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir mamlakatimizda inklyuziv va barqaror tadbirkorlik ekotizimini shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Anjuman BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) erishishda muhim qadam bo‘lib, sifatli ta’lim va iqtisodiy o‘sishga yo‘naltirilgan maqsadlar ilgari surildi.
“O‘zaro hamkorlik ta’limini muhokama qilish uchun Toshkentga kelayotgan barcha o‘qituvchilarni, global ekspertlarni ko‘rish juda ajoyib. Yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish bizning kun tartibimiz markazida bo‘lishi lozimligini muhokama qilish juda muhim masala.
Umid qilamanki, kelgusi kunlarda barchamiz bir-birimizdan o‘rganamiz va nafaqat erishganlarimizga qarab, balki qanday qilib oldinga borishimiz mumkinligini ham muhokama qilamiz. Bu o‘zbekistonlik ishtirokchilarimiz uchun ham juda samarali bo‘ladi”, deya ta’kidladi YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi.
Anjumanning rasmiy qismlari Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasi hamda Alfraganus universitetida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, anjuman ishtirokchilari uchun 12-13 oktyabr kunlari Samarqand shahrining tarixiy maskanlariga sayohat uyushtiriladi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Sudyaga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
O‘zbekiston | 13:34
-
Addinol urush boshlanganidan beri Rossiyada o‘z daromadlarini oshirdi
Jahon | 12:55
-
Talabga javob bermaydigan mahsulotni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik beriladi
O‘zbekiston | 12:38
Mavzuga oid

15:05 / 06.05.2025
Toshkentdagi 21 ta binoni YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish taklif etilmoqda

16:49 / 02.04.2025
Saida Mirziyoyeva YuNESKO Bosh konferensiyasi Samarqandda o‘tkazilishini olqishladi

14:46 / 12.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Parijda YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi

13:48 / 05.12.2024