Qiynoq holatlarini aniqlaş va ularning oldini oliş tizimi takomillaştiriladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini «Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Unga köra, 2021 yilning birinçi çoragida kelişuv asosida Oliy Majlis palatalari, Inson huquqlari böyiça Milliy markaz, Inson huquqlari böyiça vakil - ombudsman, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi hamda tegişli vazirlik va idoralar qiynoq holatlarini aniqlaş va ularning oldini oliş yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqadi.

Loyihada:

  • Oliy Majlis Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) huzurida qiynoq holatlarini aniqlaş va ularning oldini oliş böyiça jamoatçilik guruhlarini taşkil etiş, uşbu guruhlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng va muntazam yoritiş;
  • ombudsman tomonidan har çorakda jamoatçilik guruhlari bilan birgalikda tergov izolyatori va jazoni ötaş muassasalariga «monitoring taşriflari» tizimini yölga qöyiş;
  • Oliy Majlis Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) huzuridagi qiynoq holatlarini aniqlaş va ular oldini oliş böyiça jamoatçilik guruhlarining davlat organlari va mansabdor şaxslar bilan özaro munosabatda böliş qoidalarini belgilaş hamda ular örtasida özaro hamkorlikni yölga qöyiş;
  • harakatlaniş erkinligi çeklangan (gauptvaxtada hibsda saqlaş qöllanilgan, ma'muriy qamoqqa olingan, jinoyat işini yuritiş çoğida uşlab turilgan va qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölgan jazolarga hukm qilingan, majburiy davolaş muassasasiga joylaştirilgan) şaxslarning yagona elektron reyestrini yuritiş;
  • harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar saqlanadigan joylarda qiynoqning oldini oliş böyiça jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş, şu jumladan bunday joylarga har çorakda kamida bir marta monitoring taşriflarini amalga oşiriş;
  • qiynoq uçun javobgarlik belgilovçi normalarni xalqaro konvensiya talablariga muvofiqlaştiriş, şuningdek qiynoq jinoyatini sodir etgan şaxslarga nisbatan şartli hukm qiliş, jazoni ötaş muddatidan ilgari şartli ozod qiliş instituti qöllanilmasligini belgilaş;
  • Oliy Majlis palatalari har yili Oliy Majlis Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman)ning qiynoqlarning oldini oliş böyiça ma'ruzasini eşitib boriş tartibini belgilaş nazarda tutiladi.