2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida»gi prezident farmoni loyihasi umumxalq muhokamasiga qöyildi.

2021 yil Davlat dasturi loyihasi 276ta banddan iborat bölib, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yilning 29 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida aks etgan asosiy ğoya va takliflari hamda 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalar asosida işlab çiqildi.

Mazkur Farmon loyihasini 10 kun mobaynida jamoatchilik muhokamasidan ötkazişdan maqsad – joriy yilgi Davlat dasturini fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegişli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillarining fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda yanada takomillaştirişdan iborat.

Şu maqsadlarda joylarda jamoatchilik vakillari iştirokida turli davra suhbatlari, bahs-munozaralar, oçiq muloqotlar ötkaziladi, şuningdek, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama platformalari yaratiladi.

Muhokamalar jarayonida kelib tuşgan barça fikr-mulohazalar va takliflar umumlaştirilib, ularning natijalari asosida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillaştiriladi.

Loyiha yuzasidan takliflarni jamoatchilik.uz saytida ham qoldiriş mumkin. 

«Yuksaliş» harakati matbuot xizmati davlat dasturi loyihasiga kiritilgan muhim masalalar infografikasini keltirdi: