Oradan 12 oy ötib, muammo qanday hal bölganini örganiş maqsadida yana Yangiqörğon tumaniga bordik.

Hokim örinbosari: «Nanay qişloğida suv böyiça muammo qolmadi»

Tuman hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari Murodjon Sotvoldiyev biz bilan suhbatda ekoturizm markaziga aylantirilgan Nanay qişloğida içimlik suvi muammosi yuz foiz yeçim topganini aytdi.

«Sizlarga murojaat qilişgan paytda tarmoqda kamçiliklar bor edi. Viloyat hokimidan qayta-qayta pul sörab, eng oğir hududlarga suv uçun, yöl uçun 500 million pul ajratilişiga erişdik. Qayroqi MFY suv tarmoğini yana qaytadan dasturga kiritdik.

Mana, hozir çiqib körişingiz mumkin. Odamlarga murojaat qildik, ular ham qarab turişgani yöq, haşar yöli bilan çuqur kovlaş işlarida yordam berişdi. 3,9 km yangi tarmoq tortdik. Bitta nasos eskirgan ekan, nasos qöydik. Pastda, soy böyida turadigan TP elektr uzatkiçimiz işdan çiqqan ekan, uni töğriladik. Bunda kamçilik qolmadi, faqat suv bersak böldi. Döstlik mahallasi 100 foiz ta’minlandi.

Murodjon Sotvoldiyev

Bu tomondan keladigan bölsak, Qayroqi, mana, 100 foiz tarmoq tortildi. Namuna mahallasida kasalxona tomonimiz bor, uni ham rejaga kiritib qöyganmiz, uçta köçasi qolib ketgan, qolgan köçalarining hammasida tarmoq bor. Zarbdor mahallasida ham ikkita çekkadagi yangi qilingan mahallaniki bor, hatto yangi qilingan köp qavatli uyimizga ham suv borgan.

4 ta köçani hisobga olmaganda, Nanay hududining özidagi beşala mahallaning suv tarmoği deyarli 100 foiz ta’mirlandi. Endi hammasini joy-joyiga qöyib, xarajatlari va işçi kuçini şakllantirilsa böldi.

Ayni paytda Nanay qişloğida suv böyiça muammo qolmadi», – deydi Murodjon Sotvoldiyev.

Quruq va’dalar yalanğoç yolğonga aylandimi?