Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp koronavirus tarqalishi ortida AQShga kirishni taqiqlovchi farmonlarni bekor qildi
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus tarqalishi sababli AQShga kirishga joriy qilingan cheklovni bekor qiluvchi farmonni imzoladi. Gap Shengen hududi, Britaniya, Irlandiya va Braziliya fuqarolari uchun taqiqlovning bekor qilingani haqida bormoqda.
Farmonga ko‘ra, bir qator davlatlardan AQShga kirishni vaqtincha to‘xtatuvchi farmonlar 26 yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi. Hujjatda ta'kidlanishicha, yuqorida tilga olingan davlatlar fuqarolarining AQShga kirishi mamlakat manfaatlariga boshqa ziyon yetkazmaydi.
E'tiborlisi, Tramp ushbu farmonni o‘z lavozimini tark etishiga bir kun qolganda imzolagan.
Bu orada demokratlar vakili Jyen Psaki yangi prezident Jo Bayden Trampga ushbu taqiqlovni bekor qilishiga yo‘l qo‘ymasligini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, Bayden ma'muriyati pandemiya ortida kiritilgan xalqaro aviatashuvlarga cheklovlarni yumshatmoqchi emas.
“Bayden ma'muriyati sog‘liqni saqlash bo‘yicha jamoasi tavsiyasiga ko‘ra, 26 yanvardan bu cheklovlarni yumshatmoqchi emas. Aksincha, biz koronavirus tarqalishini kamaytirish uchun xalqaro safarlarda jamoat salomatligi bo‘yicha choralarni kuchaytirmoqchimiz”, deb yozgan Psaki.
Uning aytishicha, dunyoda koronavirusning yangi, yuqumliroq ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda va shu sababli “hozir cheklovlarni bekor qilish vaqti emas”.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 24 mlndan oshdi.
Mavzuga oid
10:07 / 18.04.2026
AQSh Rossiya neftiga oid yengilliklarni 16 maygacha uzaytirdi
22:12 / 17.04.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganiga qaramay, Eron portlari blokadasi saqlanib qolishini aytdi
19:30 / 17.04.2026
AQShning Ho‘rmuz blokadasi ish beradimi? Trampning maqsadi nima?
17:37 / 17.04.2026