Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston OAVlarida Navoiy viloyatidagi sayyohlik maskanlariga borish targ‘ib qilinadi
22-23 yanvar kunlari O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va Navoiy viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi hamkorligida Navoiy, Xorazm va Toshkent viloyatlariga infotur tashkil etildi.
Qozog‘istonning turizm sohasidagi vazirlik va assosatsiyalari rahbarlaridan iborat delegatsiya vakillari Navoiy viloyatining turistik salohiyati bilan tanishdi. Mehmonlar Nurota tumanidagi Chashma kompleksi va qozoq xalqining buyuk ajdodlaridan biri bo‘lgan Ayteke Biy ziyoratgohi, Konimex tumani «Konimex ekopark» dam olish maskani, Karmana tumanidagi Orif Deggoroniy, Qosim Shayx, Mirsaid Bahrom, Qiziltepa tumanidagi Tosh masjid madaniy meros obektlarida bo‘lishdi.

24 yanvar kuni Navoiy viloyati xokimligi va Qozog‘iston Madaniyat va sport vazirligi qoshidagi Turizmni rivojlantirish xalqaro hamkorlik departementi o‘rtasida ziyorat turizmini o‘zaro rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, tadbir doirasida Navoiy viloyatida faoliyat olib borayotgan turkompaniyalar va Qozog‘istonning yirik turistik kompaniyalari o‘rtasida ham ikki tomonlama hamkorlik kelishuvlariga erishildi, tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida ham memorandumlar imzolandi.

Mazkur memorandumga ko‘ra:
– Navoiy viloyatiga doimiy tarzda qozog‘istonlik sayohlarning tashrifini tashkil etish maqsadida Qozog‘iston OAVlarida Navoiydagi sayyohlik maskanlariga borish targ‘ib qilinadi;
– Navoiy va Qozog‘istonning yirik shaharlari o‘rtasida doimiy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqiladi;
– Navoiyda tashkil qilinadigan xalqaro tadbirlarda (turistik yarmarkalar, ko‘rgazmalar, festivallar) qozog‘istonliklarning doimiy ishtiroki ta'minlanadi. Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish yo‘nalishida O‘zbekistonning boshqa hududlarida istiqomat qilayotgan qozoq diasporasi vakillari ham mazkur tadbirlarga jalb qilinadi;
– Har yili 18 may sanasida Ayteke Biy ziyoratgohida bo‘lib o‘tadigan tadbir ko‘lami kengaytiriladi;
– Navoiy viloyati yoshlari hamda Qozog‘istonning faol yoshlari o‘rtasida Navoiy viloyatida xalqaro yoshlar forumi tashkil etiladi;
– Qozog‘iston kinochilari bilan hamkorlikda Navoiy viloyatining tarixiy maskanlari va Ayteke Biy to‘g‘risida hujjatli film tayyorlanadi;

Hujjatni imzolash marosimida Navoiy viloyati ko‘p millatli hudud ekani, Tomdi, Konimex va Uchquduq tumanlarining aksariyat aholisi qozoq va qoraqalpoq millatiga mansubligi, ularning har biri o‘z madaniyati, urf-odati, an'analariga egaligi, millatlararo do‘stlik va totuvlik barqarorligi ta'kidlandi. Kelgusida ushbu hamkorlik viloyatdagi ziyorat obektlariga Qozog‘iston mahalliy aholisidan iborat turistlarning qiziqishlari ko‘lamini oshirish, sayohatchilar oqimini kengaytirishi bilan ahamiyatli ekani aytildi.
Tadbir yakunida Qozog‘iston Madaniyat va sport vazirligi qoshidagi Turizm departamenti xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbari M.Tulebayev hamda «O‘zbekiston» turistik brendining Qozog‘istondagi elchisi L.Axanovaga Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov tomonidan «Navoiy viloyatining Qozog‘istondagi faxriy turizm elchisi» maqomi berildi.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
13:47 / 09.06.2026