Andijon viloyati Xöjaobod tumani Imom ota turizm qişloğida sement işlab çiqaruvçi xorijiy korxona toğlarni portlatiş yöli bilan xomaşyo olişi aholining tinçini buzmoqda. “Tunda ham tinçlik yöq. Ekskavator toğga tiqib toş yoradi. Turizm qişloği çangga, şovqinga tölgan. Odamlar bu şovqindan bezib ketdi”, deydi qişloq odamlaridan biri.

Kun.uz'ga murojaat yöllagan vatandoşlar turizm qişloğining faqat nomigina qolganini aytişdi.

“Imom otaga turizm qişloği maqomi berilgan. Hokimiyat tomonidan tadbirkorlar jalb etilib kreditlar ajratilmoqda, turizmni rivojlantiriş maqsadida tadbirkorlar qişloqqa mablağ kiritişyapti. Lekin...

Qişloq atrofi toğlar bilan öralgan, hozirda 3 ta sement zavodi faoliyat yurityapti. Zavodlar sekin-asta toğlarni portlatib, tabiiy landşaftga va havo sifatiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Portlatiş işlari qişloq aholisi va sayyohlar salomatligini ham xavf ostiga qöymoqda”, – deyiladi murojaatda.

“Ekologiyaning tişi ötmayapti”

“Imom ota turizm qişloğining har ikki tomoni toğlar bilan öralgani uçun sement zavodi qurib taşlaşdi. Xomaşyo uçun hammayoqni portlatib, çangitib yotişibdi. Bir tomonda turizmni rivojlantiramiz deb tadbirkorlarni jalb qilişyapti, bir tomonda esa toğni portlatib çangitişyapti.

Ekologiya degan taşkilotning holatga tişi ötmayapti. Butun boşli toğ yöq bölib ketyapti. Bölayotgan işlarga kimdir e’tibor qaratişi kerak emasmi? Ekologiyaga, tabiatga juda katta zarar yetyapti-ku!” – deydi boşqa bir murojaatçi.

Tunlari ham uyqu yöq...

“Toğdagi portlatiş işlaridan aholi aziyat çekyapti. Ayniqsa, yoş bolalar va yoşi katta insonlarga qiyin bölyapti. Işlab çiqariş ekan, buni tuşunsa böladi, lekin eng avvalo inson qadri birinçi örinda turmaydimi?

Bunday portlatiş işlari har haftada, ba’zan haftada 2–3 marta böladi. Hatto keçasi ham ekskavator toğga çiqib olib, taqqillatib toş yoradi – keçasi ham tinçlik yöq.