Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda ko‘tarma kran qulab tushdi
26 yanvar soat 16:00larda Navoiy shahrida ko‘p qavatli uy qurishda foydalanilayotgan kran qulab tushdi.
Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kran boshqaruvchisi yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Viloyat hokimligi axborot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, voqea Yoshlik mahallasida ro‘y bergan. Kran «Shohjaxon shamshiri» MChJ tomonidan ko‘p qavatli uylar qurilishiga jalb etilgan.
Gazeta.uz «Shohjaxon shamshiri» MChJ haqida yagona reyestrdagi ma'lumotlarni keltirdi. Unga ko‘ra, korxona 2018 yil may oyida ro‘yxatga olingan. Asosiy faoliyat yo‘nalishi – yog‘och materiallari, qurilish materiallari va sanitar-texnik uskunalar ulgurji savdosi.
Tashkilotning yagona ta'sischisi va rahbari – Lazizjon Murodullayevich Usmonov.
Bir necha kun oldin Qurilish vazirligi qurilish tashkilotlarining onlayn reytingini ishga tushirgan edi. Reytingdan «Shohjaxon shamshiri» MChJ haqida ma'lumotlar topilmadi.
Mavzuga oid
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
12:17 / 13.03.2026
Ayol jigarining yarmini eriga berdi
09:52 / 27.02.2026
Telegram’dagi “bot” orqali mefedron sotish holati fosh etildi
12:24 / 21.02.2026