Saidbek «Osmondagi bolalar» loyihasiga bergan intervyusida ofitsiant yordamçiligidan senior dasturçilikkaça bölgan yöli, AQŞda dasturçilar qança daromad körişi, sohasining murakkabliklari haqida gapirib berdi.
«AQŞda ham daraxtda pul ösmaydi»
— Hozirda MasterCard kompaniyasida senior dasturçi sifatida işlamoqdaman. Menga Hindistondan jamoa berilgan. Öz jamoam bilan kompaniya B2B platformasining bir neça tildagi versiyasini işlab çiqiş ustida işlamoqdamiz.
2012 yilda dadam grin-kard yutganlari uçun AQŞga ketganmiz. Öşanda 18 yoşda edim. Bu mamlakatga kelib körganim şu böldiki, daraxtda pul ösmas ekan.
Yangi muhit men uçun katta özgariş bölgan. Ofisiant yordamçisi bölib restoranga işga kirganman. Hatto ofitsiant ham emas, uning yordamçisi. Yordamçining vazifasi idiş-tovoqlarni yiğiştiriş bölgan. Öşa yili AQŞda Sendi töfoni bölgan va men işlayotgan restoranni ham suv bosgan.
Keyinçalik dorixonaga işçi bölib işga kirdim. Mijozlarning uyiga buyurtmani yetkazib beriş, yuk taşiş kabilar vazifamga kirardi. Öşa paytda New York Sity College of Technology'ga öqişga ham kirdim. 2 semestrni iş bilan parallel olib bordim. 3-semestr boşlangaç, Uber'ga haydovçilikka ötsang, yaxşi pul işlaysan deyişdi. Öqişim bölgani uçun dars qilaman desam pul kamayib ketar, köp pul topaman desam öqişim tuşib ketardi. Ikkisini ham yaxşi eplolmay, yana ikki yarim yil yuramanmi deb öylaganman.
Şu paytda Virjiniyada yaşaydigan akam bu ştatga köçib kelişni, bu yerda IT'ni tez örganib, işga kirib ketiş mumkinligini taklif qilganlar. Virjiniyaga köçib ketdim. Keçqurun pitssa yetkazib beriş xizmatiga işga kirdim. Beşdan keçki ön ikki-birgaça pitssa taşiganman. Ertalab töqqiz-öndan beşgaça faqat darsda bölganman.

«Bozorda «savalangaç», kamçiliklarimni bilganman»
— Bu paytda dasturlaş hozirgidek juda ommalaşib ketmagandi. Örganişim juda qiyin bölgan. Çunki kerak-kerakmas narsalarni ham örganaverganman. YouTube'da videolarni körib borganman. Boşida juda köp intervyulardan yiqilganman. Hali yana tayyorlanişim kerak ekan, deb ortga qaytmoqçi bölib turganimda bir kompaniya işga olgan.
AQŞda ham dasturçilikni örganiş oson emas. Talab juda katta, yangi narsalar çiqayotgani uçun köp talab qöyiladi. Lekin bu ilojsiz degani emas, hammasi örganiş mumkin bölgan narsalar.
Örganiş jarayonida özimni qoronği joyda ketayotgandek his qilganman. The New Boston degan YouTube kanalda 10–15ta darsni körib, böldi, dasturlaş tilini örgandim deb öylaganman. Lekin bu hali yuzdan biri ekan.
Nimani bilişim kerakligini heç kim aytmagan. Bozorga çiqqanimdan keyin, intervyuga borganimda meni örtaga olib savol bilan «savalaşgandan» keyin kamçiliklarimni bilganman, nimalarni örganişim kerakligini tuşunganman.
Har bir intervyuga borganimda xato qilgan nuqtalarimni yozib olardim va navbatdagi suhbatga şularni bilib örganib borardim. 11-intervyuga borganimda hamma bilganlarimni söraşgan va muvaffaqiyatli ötganman.
«Ular faqat dastur yozadigan emas, özi bilan birga qahva iça oladigan odam izlaşadi»
— Bitta kompaniyada uzoq işlamayman. Şartnoma asosida 6 oy – 1 yil işlayman. Çunki yangi kompaniya bu yangi jamoa, yangi texnologiya, bu yangi tajriba demakdir.
Tajribamdan aytişim mumkinki, işga kirişda sizni intervyu qiladigan odam 50 foiz texnik bilimlaringizga, 50 foiz muomalangizga qaraydi. Faqatgina texnik kuçingizni emas, avvalgi tajribangizdan qanaqa xulosalar çiqarganingizni ham inobatga olişadi.

Insoniylikka ham katta e'tibor beriladi. Ular işga olayotganda faqat dastur yozib ötiradigan odam emas, birga qahva içib, gaplaşib ötira oladigan odamni ham olayotganini yaxşi tuşunadi.
Hozirda mening oliy ma'lumotli degan diplomim yöq. AQŞda köpçilik oliy ta'limga ega böliş şart emas, deb aytadi. Universitetda örgatiladigan narsalar internetda ham bepulga bor. Massaçusets texnologiyalar instituti, Stenford kabi nufuzli oliygohlarning darslari ham bor. Lekin baribir katta ustozlarim öqiş kerakligini aytişadi. Kattaroq lavozimga işga ötişda bakalavr va magistratura kerak böladi, öqib qöygin deyişadi.
Umuman olib aytganda, AQŞda senior dasturçi böliş uçun diplom söralmaydi. Tajribangiz va texnik bilimingizga qaraladi.
AQŞda dasturçilar qança daromad topadi?
— Dasturlaşni boşlagan odam 2–3 haftada özini şu sohada köra oliş-olmasligini sezadi. Mayda kod yozib ötiriş, xatolarni izlaşga hammaning ham sabri yetmaydi. Özini şu sohaga urayotganlarning juda köpçiligi hozir puliga qiziqişyapti.
3 oylik kurs bitirsang, şunça daromadli kasb egasi bölasan degan çaqiriqlar ham bölyapti. Lekin odamlar faqat puliga qiziqib boryapti. 1–3 oy zörğa bitiradi, ammo çuqur örganmagan.
Dasturlaş juda katta sabr talab qiladi. Mayda-çuyda narsalarga boş qotirib ötiriş, bitta narsaga haftalab tikilib ötiriş holatlari, asab buzilişlari böladi. Dasturçi şunga moslaşişi kerak.
AQŞda senior dasturçilar yiliga örtaça 120 mingdan 150 ming dollargaça oladi. Silikon vodiysidagilarniki bundan ham köproq, lekin u yerda narxlar ham şunga yaraşa qimmat. Bu daromad faqatgina AQŞda. Özbekistonda buni va'da qilib bölmaydi.
Dasturçilikka kirib kelayotganlar qaçon pul topişni boşlayman deb rosa köp söraşadi. Ularga aytmoqçi bölganim – rizq Allohdan. Biz faqat harakat qilamiz. Asosiysi yölga tuşiş kerak.
Masalan, hozirgi kompaniyamda işlaşim juda bemalol. Ikki hafta uçun oldindan reja qilinadi. Işni ikki kunda tugatib qöyaman. Silikon vodiysida ham dasturçilar kuniga 10–20 qator kod terişadi. Bunga 10 daqiqa vaqt ketadi. Ammo bunaqa bölişi uçun yölga kirib olib, ozgina tajriba töplab oliş kerak. Keyin bemalol ötiriş mumkin.
Muhimi, söraşdan uyalmaslik kerak. Har kuni savol bilan bezovta qilgan şogirdlarim yaxşi işlarga kirişgan.
Özim ham avval katta loyihani körib, böşayman, işlay olmayman deb öylaganman. Birinçi işimga boriş-kelişda motivatsion audiolar eşitardim. Har kuni aniq böşayman, deb öylardim. Lekin kelib, öz ustimda işlardim. Buning uçun ham ança maşaqqat kerak. Seniorlikka yetgunça avval junior bölganman.
«Dasturlaşni bolalikdan örgatiş kerak»
— Amerika bozoriga Hindiston konsalting kompaniyalari kirib olgan. Buyurtmalarini faqat hindlarga qildiradi, begonaga bermaydi. Çunki kompaniyalarning rahbarlari – hind. Amerikada istalgan IT-kompaniyaga borsangiz, kamida yarmi hind böladi. Sababi hindlarga kiçkinaligidan matematika, dasturlaş örgatiladi.
Bizda ham dasturlaş köproq yoş bolalarga örgatilişi kerak. Faqatgina prezident, xususiy maktablarda emas, eng oddiy maktablarda ham dasturlaş öqitilişi kerak. Maktabda örganmasa, onlayn örgansin. Yoşligidan qiziqtiriş kerak.
AQŞda bola kiçikligidan dasturlaşni örganaman desa hamma imkoniyat bor. Öqitiş jamoat maktablarida ham yölga qöyilyapti. Boşida öyin bilan örgatiladi. Lego, robotlar yasaydi. Ham öynaydi, ham dasturlaşni örganadi.
«Bitta öyin keltiradigan daromad butun boşli davlat budjetidan köp bölişi mumkin»
— Özimning 18 yoşdagi holatimni körganimda, «faqat va faqat örganiş kerak», degan bölardim. Çunki şaroit va imkoniyat bor. Bu paytda rözğor taşvişi yöq. Faqat ötirib öqiş kerak. Agar harakatni bundan ham vaqtliroq boşlaganimda, balki hozirgidan ham yaxşiroq bölardi.
Maqsadni katta qöyiş kerak. Ba'zida bitta videoöyinning daromadi butun boşli bir davlat budjetidan ortib ketib qoladi. Misol uçun, belarus va ukrainlar autsorsingga işlaydi. Belarus budjeti – çetdagi loyihalardan keladigan pullar. Bizda esa paxta teriladi, oltin sotiladi. Undan köra, bitta IT mahsuloti çiqarilsa, öşa pul keladi.
Rossiyaga ketişadi, lekin u yerda katta oylik olişmaydi. Nari borsa 500 dollar oylik. Agar dasturçi bölsa, bundan köpini özimizda ham topsa böladi. Odam özi berilib öqiydigan bölsa, Rossiyaga boriş şart emas.
Qiziği, kadrlar iş topa olmayapman deyişadi, iş beruvçilar esa kadr yöq deyişadi. Haqiqatan ham eng zör kadrmisan, desa, heç kim javob bera olmaydi.
«Nima qilsam «vauv» deb meni işga olasiz?» deb söraşadi. Loyihalaringni körsat, özing qilgan işlarni körsat, kurslardagi sertifikatingni körsat. Peşonasidan öpib işga olaman.
Top universitetlarning darslari tekinga turibdi. Faqatgina öz ustida işlaş kerak, hayron qoldira oliş kerak. Öquv markazlarini bitirganlar qança. Lekin ular orasida boşqalarga qaraganda ortiqça harakat qilganlargina natijaga erişadi.











