21:34 / 03.02.2021
6793

Futzal. O‘zbekiston milliy jamoasi ikkinchi o‘yinda ham amaldagi jahon chempioniga mag‘lub bo‘ldi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining Argentinaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi ham yakuniga yetdi.

Toshkentda o‘tgan ikkinchi bahsda ham Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzalchilarimiz amaldagi jahon chempioni sanalmish Argentina milliy jamoasiga minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi – 0:1.

Ma'lumot uchun, kecha, 2 fevral kungi bahsda ham argentinaliklar minimal hisobda zafar quchgandi.

3 fevral (chorshanba)
Futzal. O‘rtoqlik uchrashuvi. Toshkent.
O‘zbekiston - Argentina 0:1
Hakam
: Nurdin Bukuyev (Qirg‘iziston)
Gol: Lukas Tripodi, 8.
O‘zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Rofiyev, 6.Ilhomjon Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriyev.
Zaxira: 1.Rustam Umarov, 2.Anasxon Rahmatov, 5.Elbek To‘lqinov, 9.Dilmurod Shavkatov, 11.Akbar Usmonov, 14.Javlon Anorov, 17.Avazbek Abduvaliyev, 19.Shahzod Sa'diyev, 20.Xushnur Erkinov.
Argentina: 12.Matias Starna, 2.Damian Stazzone, 7.Anxel Klaudino, 10.Konstantino Vaporaki, 11.Alan Brandi.
Zaxira: 1.Lukas Farax, 3.Lukas Tripodi, 4.Lukas Bolo, 5.Maksimiliano Rechia, 6.Sebastian Korso, 8.Luchiano Avellino, 9.Matias Roxa, 13.Santiago Rufino, 14.Andres Gerati.

Top