O‘zbekiston | 07:55 / 03.02.2021
4154
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

2021 yil 3 fevral kuni soat 10:00 - 18:00lar oralig‘ida “Hududgaz Poytaxt” GTF  "Yashnobodtumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan tumanning  Sultonali Mashhadiy ko‘chasi yerosti gaz qudug‘idagi "kompensatori"da gaz sizib chiqish holati aniqlanganligi sababli ta'mirlash ishlari olib boriladi

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan tumanning Maxtumquli ko‘chasidagi 7ta ko‘p qavatli uylarning 300ta, Sultonali Mashhadiy ko‘chasidagi 15ta ko‘p qavatli uylarning 55ta, 1-tor ko‘chasidan 2ta ko‘p qavatli uyning 55ta hamda barcha yerli aholi xonadonlari, shuningdek, ulgurji iste'molchilar tabiiy gaz ta'minotidan vaqtinchalik uziladi. 

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanishi aytilgan. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid