O‘zbekiston | 09:33 / 05.02.2021
33910
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga Kavkazdan nam va salqin havo oqimi kirib keladi

6-8 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 6-7 fevralda respublikada shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

7-8 fevralda respublikada yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlardagi ba'zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanadi.

7-8 fevralda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid