Iş haftasi oxirigaça issiq asta-sekin kuçayib boradi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Duşanba kunduzi Özbekiston böyiça issiq va asosan quruq ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat Farğona vodiysida ayrim joylarda kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Hududning katta qismida havo harorati +38…+41 daraja atrofida, şimolda, janubda va çöl hududlarda +42…+44 darajagaça böladi.

Hafta davomida kunduzgi havo harorati +41…+43 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarda +42…+44 darajagaça kötariladi. Keçalari havo dim bölib, +23…+28 daraja, şimolda, janubda va çöl hududlarda +28…+33 daraja atrofida böladi.

Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

13–14 iyul kunlari ayrim toğli hududlarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. 13 iyulda Toşkent, Andijon, Namangan, Farğona vodiysida toğoldi va toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toşkent şahrida kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Duşanba va seşanba kunduzgi havo harorati +38…+40 daraja, 15–17 iyulda +40…+43 daraja, keçalari esa +25…+28 daraja böladi.