Özbekistonda uzoq vaqt ilm-fanga e'tiborsizlik tufayli köplab vatandoşlarimiz öz ilmiy karerasini çet elda qurişdi.

Bugun dunyoning nufuzli ilmiy maskanlarida vatandoşlarimiz köpligi quvonarli. Şu bilan birga, ularni Özbekistonda ilm-fanni rivojlantiriş va zamonaviy ilmiy maktablar taşkil qiliş jarayoniga qayta jalb qila oliş oson emas.

Yurtga qaytib, bu yerdagi ilm-fan yuksalişiga öz hissasini qöşayotgan olimlardan biri – fizika-matematika fanlari doktori Umid Xalilovdir. Olim hozirda ÖzFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti yetakçi ilmiy xodimi sifatida işlab kelmoqda.

Umid Xalilov Kun.uz'ning «Ilm-fan suhbatlari» rukniga bergan intervyusida Belgiyadagi 12 yillik hayoti va ilmiy izlanişlari, Özbekistonga qaytiş sabablari va ilmiy loyihalari haqida hikoya qildi.

— Umid aka, yaqinda fan doktori ilmiy darajasiga dissertatsiya yozmasdan munosib körildingiz. Köpinça himoyaoldi jarayonlarini boşdan ötkazgan olimlar köpgina vaqt va qoğoz isrof bölişini aytişadi. Sizda bu qanday keçdi?

— ÖzFA Elektronika (hozirgi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti)da işlab yurgan kezlarim, ilmiy tadqiqotimni davom ettiriş uçun 2009 yilda Belgiyaga ketgandim. U yerdagi Antverpen universitetida 12 yilga yaqin vaqt ilmiy faoliyat bilan maşğul böldim. Şunday bölsa-da, institut bilan aloqani doim saqlab kelganman, hamkorlikni uzmaganmiz. Bu dargohdagi ustozlardan maslahatlar olib turardik.

2013 yilda Antverpen universitetidagi PhD himoyamdan keyin, albatta, hamma qatori fan doktorligi haqida öylab yurardim. Toşkentga kelganimdan söng şunday bir imkoniyat tuğildiki, dissertatsiya yozmasdan himoya qiliş mumkin. Şarti – yuqori impakt-faktorli jurnallarda çiqqan maqolalar va ular körsatkiçi 1dan yuqori bölişi lozim. Bu bizga juda ma'qul tuşdi, sababi xorijda maqola yozib çiqariş osonmas, bu dissertatsiyaning bir qismiday gap.

Ilmiy ğoyalarimni maqolalar şaklida ilmiy jamoatçilikka taqdim etib kelardim. Scopus bazasida çiqqan maqolalarim soni 12tadan köp edi. Maqolalarimdagi örtaça impakt-faktor 7,47 çiqdi va ijobiy xulosa berildi.

Şundan keyin maqolalarimdagi tezislarni özbekça, tuşunarli holatga keltirib, ma'ruza qilişga tayyorlandik.

Qoğoz masalalari rostan ham bor, köpçilik şu qoğoz işlari sababli ham doktorlik qilişdan qoçadi. Lekin, OAK tomonidan ham ta'kidlab aytildiki, kelajakda bu narsalar bosqiçma-bosqiç qisqarişi kerak.