Muhammad Maftun 12 yildan beri öquvçi, abituriyent va talabalarga fizikadan dars berib keladi. Uning fizika fanini tuşuntiriş usuli ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölib ulgurdi. “Biz metodikani özgartirgan holda öqitişni boşlaganimizdan söng körsatkiç 80 foizdan oşdi. Darsda 10 nafar bola qatnaşsa, ulardan 8 nafari berilgan ma’lumotni eslab qola boşladi”, deydi u Kun.uz bilan suhbatda.

Muhammad Maftun ismli fizika öqituvçisining fizikani örgatiş usuli ijtimoiy tarmoqlarda maşhur böla boşladi. U fizikani nazariy emas, amaliyot orqali öquvçilarga örgatadi. U ayni damda Toşkent xalqaro kimyo universitetida termodinamik, elektromagnitizm fanlaridan dars beradi. Kun.uz Muhammad Maftun bilan suhbatda qanday qilib öquvçini fizikaga qiziqtiriş mumkinligi va bugungi öqituvçilarning xatolari nimada ekani haqida suhbatlaşdi.

Fizika fanini amaliy usulda ötişingiz köpçilikning e’tiboriga tuşyapti. Fanni hamma qatori emas, öziga xos usulda ötiş fikri qanday paydo böldi? 

– 12 yildan beri bolalarga dars berib kelayotgan bölsam, nega hozirgi bolalarning aniq fanlarga umuman qiziqişi yöq, nega bolalarda fizika-matematika fanlari oldingidek qiziq bölmay qoldi, degan savollar miyamda aylanaverardi. Ularga javob topiş uçun 1 yilça bolalarda tajriba ötkazib, ularni kuzatib yurdim. Örganişlarimdan şunday xulosaga keldim: fanga qiziqiş yöqligi bolalarning aybi emas, yoşlarni fanga qiziqtiriş texnologiyasi eskirgan xolos. Masalan, bolalarni oşiq yoki çillak öyiniga çaqirsangiz, ularga bu emas, PubGI va Instagram qiziq. Yoki sizga atlas köylak kiying desam, kiymasligingiz mumkin. Zamonaviy kiyinişni xohlaysiz, töğrimi?! Menga ham çopon kiying deyişsa, kiyişni xohlamagan bölar edim. Ya’ni kiyinişda ham evolyutsiya özgargan, lekin dars ötiş 30 yil oldingi bilan bir xil: öqituvçi darsga kiradi, mavzuni yozadi, konspekt qildiradi. Bu usul xuddi bugun birdan hammamiz çopon kiyamiz deganga öxşaydi. Ya’ni öqitiş metodikasida evolyutsiya bölmagan. Şuning uçun ham maktab, litsey hamma joyda aniq fanlarda, ayniqsa fizikada özlaştiriş 10-15 foizdan oşmay keladi. Aynan şu körsatkiçni kötariş uçun, dars ötiş texnikasida evolyutsiya bölişini xohladim. Şu sabab Muhandis D loyihasini boşlaşga qaror qildik.

– Muhandis D loyihasi qanday loyiha?

– Muhandis D fizika, robototexnika va art muhandisligi fanlaridan faqat amaliy maşğulot tarzida ötiladi. Öquvçilarning maktabdagi körsatkiçlarini kötariş uçun loyihani taşkil qildik. Biz metodikani özgartirgan holda öqitişni boşlaganimizdan söng körsatkiç 80 foizdan oşdi. Darsda 10 nafar bola qatnaşsa, ulardan 8 nafari berilgan ma’lumotni eslab qola boşladi. Eng qiziği ular formulalar yozmay, uyga vazifa qilmasdan, şunçaki darsga qiziqqani uçun eslab qoladi. Öquvçilarim maktabida ötgan fizika fani mavzusini bilmasligi mumkin, lekin mening darsimda ötilgan mavzuni yaxşi eslab qolib javob bera oladi. Bu nima degani? Masalan, oşiq öynaşni xohlamayotgan bola, Instagramʼda 5 million obunaçisi bor blogga oşiq öynalayotgan videopostni körib qiziqadi. Ya’ni fizikadagi ma’lumotni ham bola qiziqadigan usulda beriş kerak. Buning eng yaxşi yöli körsatiş. Fizikani 100 foizi ma’lumot deb olsangiz, hayotda uning 45 foizi kerak böladi. Biz şu 45 foizni örgatmoqçimiz.

– Nega maktablarda öquvçilarning fizika faniga qiziqişi kam, özlaştiriş past deb öylaysiz?

– Maktab darsliklarida fizika fanidan amaliy qismi, laboratoriya darslari bor. Lekin laboratoriya işlari eskirgan. Köp joylarda ötilmaydi ham. Va eng yomon jihat köp fizika öqituvçilarining özi darsni qiziqarli qilib ötolmaydi. Çunki bakalavriatni bitirib maktabga borgan öqituvçi bolani fanga qiziqtira olmaydi. Aynan fizika faniga qiziqtiriş uçun öqituvçi kamida 3 yil işlagan bölişi kerak. Qöliga svarka uşlagan, stanok körgan, kesgan, çizgan bölişi kerak. Ana şunda bolaga fizikani tuşuntira oladi. Özim Italiyada öqiganman, Yaponiyada malaka oşirganman. Bizning sistema bilan ularniki soliştirganda bizniki zör, lekin uni yetkazib berişda muammo bor. Bilim faqat kitobda qolib ketyapti. Bolalarga faqat kitobni öqiyvermasdan hayotni kuzatişni maslahat berar edim. Kitobdagi bitta asosiy mavzuni olib turib, özingizga bu nimaga deb savol beringlar.

– Loyihada kimlar iştirok etişi mumkin?

– Loyiha 3 yil oldin boşlangan va hozir 4-bitiruvçilarimiz öqiyapti. Muhandis D 3 ta qismdan iborat. Muhandis kids – maktab öquvçilarini muhandislikka qiziqtiriş uçun möljallangan. Muhandis Junior – 9-11-sinfgaça bölib, abituriyentlarni ham öz içiga oladi. Asosiy maqsadi keyingi böladigan muhandislikka çuqurroq kiriş. 3-qismi bu oliygoh talabalarini qabul qilib, töğridan töğri amaliyotdagi işni örgatiş. Loyihamizda ixtiyoriy maktab, universitet talabalari istagan joydan tekinga kelib öqişlari mumkin. Aynan maktab darsligidan çetga çiqmasdan faqat öşa mavzularni amaliy qiziqtiriş orqali özlaştirişni kötarişga urğu beramiz. Talabalar institutni bitirganidan keyin işxonaga borsa, heç narsani bilmay ötiradi. Ular faqat kitob öqigan, işxonaga borsa, yana noldan örganadi. Ana şu narsada Muhandis D loyihasi köprik vazifasini ötaydi. Loyiha universitetdagi talabalarni amaliyotga töğridan töğri tayyorlaydi.

– Özbekistonda fizika faniga qiziquvçilar maqtanarli darajada köp emas deb öylayman. Şu fikrga munosabatingiz qanday?

– Özbekiston mustaqilligidan oldin işlab çiqariş juda köp bölgan. Bunga ixtisoslaşgan texnikumlar, zavodlar bölgan. Mustaqillikdan keyin bu narsa keskin qisqarib ketdi. Şunga e’tibor ham pasaydi. Lekin oxirgi 2 yilda muhandislikka qayta e’tibor berilmoqda. Texnoparklar qurilyapti, stanoklar olib kirildi. Xitoy va Germaniyaçalik bölmasak ham, muhandislikda ösiş bölyapti. Sababi iqtisodiyotni uşlab turadigan narsa bu işlab çiqariş, muhandislik hisoblanadi. Faqat savdo-sotiq bilan iş bitmaydi. Fizikani yaxşi örgangan odam muhandis böla olmasligi mumkin emas. Hozir 5 ta xususiy maktab bilan şartnoma tuzdik. Ularning fizika standartiga qöşimça 9 oylik xizmat körsatişga kelişib oldik. Ya’ni maktabga borib, haftada 2-3 marta fizika, robototexnika va art muhandisligi fanidan qöşimça dars ötib beramiz. Şu yöl bilan muhandislikka qiziqişni köpaytişni oldimizga maqsad qilib qöyganmiz.

– Ota-onalar farzandini fanga, biror sohaga yönaltirişdan oldin nimalarga e’tibor qaratganlari ma’qul?

– Ota-ona bolasini qölidan uşlab, har xil sohalarni körsatib çiqişi kerak. Bir kun bozorga, bir kun muzeyga, bir kun konsertga olib tuşib bolani qiziqişni aniqlab olişi kerak. Va şundan keyin yönaltiriş kerak. Sen fizikani, ingliz tilini öqiysan deb bolaga şart qöyiş xato. Bola köp narsani özi körişi kerak, öziga köp savol berişi kerak. Bundan foyda nima, bu nima degan savolni beraversa, aniq maqsadga, yönalişga ega bölib boraveradi.

 Zuhra Abduhalimova suhbatlaşdi.