Jahon | 17:19 / 10.02.2021
5177
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy va Hindiston bahsli hudud yaqinidagi qo‘shinlarini olib ketishni boshladi

Hindiston va Xitoy chegarasidagi ikki hudud hamon bahsli hududlar bo‘lib qolmoqda. 

Foto: AP

Xitoy va Hindiston chegaradagi bahsli hudud yaqinidagi qo‘shinlarini olib ketishni boshladi. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligi vakili U Tsyanning bayonotida ma'lum qilindi

«Erishilgan kelishuvga ko‘ra, Hindiston va Xitoy 10 fevral kuni Pangong-Tso ko‘lining janubiy va shimoliy sohillaridagi qo‘shinlarini rejali tarzda olib ketishni boshladi», — deyiladi bayonotda.

Pekin va Nyu-Dehli o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, har ikki mamlakat harbiylari askarlar hayotini saqlab qolish uchun o‘qotar quroldan foydalanmasligi kerak. Ammo 2020 yil 16 iyunda tayoq va toshlardan foydalangan holda sodir bo‘lgan to‘qnashuvda Hindiston armiyasining o‘nlab askarlari halok bo‘lgandi. Hindiston ommaviy axborot vositalari 43 nafar xitoylik askar yaralangani va halok bo‘lganini yozgan.

Hindiston va Xitoyni «Makmahon chizig‘i» deb nomlangan shartli chiziq ajratib turadi. Nyu-Dehli mavjud chegarani tan olgan, Pekin esa tan olmagan.  

Shundan so‘ng muammoni hal qilish uchun 1993 va 1996 yillarda ikki davlat o‘rtasida kelishuvlar imzolangan, ammo bundan natija chiqmagan. Kashmir shimoli-sharqi va Arunachal-Pradesh shtati shimolidagi hududlar hamon bahsli bo‘lib qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid