Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika xotin-qizlar tadbirkorlik markazining mintaqaviy bo‘linmalari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarini hududlarda rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega bo‘lgan xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari prezidentning 2019 yil 7 martdagi PQ-4235-son qaroriga muvofiq respublika hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan.
Loyihada yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Respublika xotin-qizlar tadbirkorlik markazining tuman (shahar) mintaqaviy bo‘linmalarini tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.
Respublika xotin-qizlar tadbirkorlik markazining oliy rahbar organi - Markaziy kengashining tarkibi, Respublika markazi va uning hududiy bo‘linmalarining tuzilmasi hamda xodimlarning mehnatiga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlari tasdiqlanmoqda.
Shuningdek, loyihada mintaqaviy markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilab o‘tilmoqda.
Bildirilishicha, loyihaning qabul qilinishi hududlarda xotin-qizlar tadbirkorlik markazlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish, xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ular o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025