O‘zbekiston | 12:02 / 18.02.2021
13103
3 daqiqa o‘qiladi

19 fevralda ba'zi joylarda yomg‘ir, shimolda qor yog‘adi - «O‘zgidromet»

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 19 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 19-21 daraja issiq bo‘ladi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s kuchayadi, ba'zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
 
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
 
Qashqadaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
 
Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
 
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid